Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar: 1. Laboratoriya qurilmasi. 2. Magnitli aralashtirgich. 3. Kuyindi. 4. 5,9 g 10% li amimak eritmalari 5. Ammoniy sulfit eritmasi 6. Mis sulfat eritmasi 7. 200sm xajmli shisha stakan, 3 dona 8. Chinni kosacha, 3 dona 9. Chinni xovoncha, 3 dona 10. Filtr kog‘oz 11. Suv xammomi 12. Byuxner voronkasi 13. Shisha probirkalar Ishni bajarish tartibi. 4 – laboratoriya ishidan saqlab olib quyilgan quyindi chinni xovonchaga solinib,
maydalaniladi va tarozidan tortib olinadi. Maydalangan quyindi shisha stakanga solinadi va 100 g
kuyindiga avvaldan hisoblangan xolda 9% ammiak eritmasi (solishtirma og‘irligi 0,97 g/sm
3
)
kuyiladi. (O‘qituvchining ko‘rsatmasiga muvofiq 5% yoki 12%li ammiak eriitmasi xam ishlatilishi
mumkin).
Magnitli aralashtirgichda (qizdirilmasdan) aralashtirib turgan xolda 1 soat mobaynida
ishqorlanadi. Eritmani Byuxner voronkasida filtrlab, chukmadan ajratib olinadi. Chukmani filtrda
30-40 sm
3
suv bilan ikki marta yuviladi. Kolbad
agi
filtrat (eritma va yuvilgan suv)ni vakuumda
filtrlash uchun stakanga solinadi.
Eritmani qo‘shimchalardan tozalash Filtrlangan eritmaga ammoniy sulfit eritmasidan pipetkada olib tomchilatib, qo‘ng‘ir qora
chukma tushib bulguncha tomiziladi. Avval eritmaga bir yula 10 tomchi ammoniy sulfid
eritmasidan tomiziladi. Bu vaktda eritma filtrlanadi. Filtrlangan eritma havorangga kirsa misning
ammiakli birikmasi ekanligi malum buladi. Agar rangsiz bulsa, eritma qung‘ir qora cho‘kma xosil
bulguncha ammoniy sulfat eritmasidan qo‘shiladi.
Ortiqcha qo‘shilgan ammoniy sulfidini yo‘kotish uchun stakanga tomchilatib mis sulfatdan
qo‘shiladi. Xar bir tomchi qo‘shilganda aralashtirilib, undan ozgina namunani probirkaga olinadi,
sariq rang yuqolguncha davom ettiriladi. Molibdenni miqdori eritmada kamaymasligi uchun
probirkadagisi yana stakanga qushiladi.
Og‘ir metallardan eritmani tozalangandan sung uni vakuum filtrdan 2-3 marta utkazib,
cho‘kmadan tozalanadi. Agar cho‘kma shu xolda xam filtrdan o‘tib ketsa eritmani oddiy voronkada
filtrlash zarur. Keyingi mashg‘ulotlar uchun faqat filtrlangan eritmani saqlab olib qo‘yish mumkin.