214
natriy, kaliy, niobiy, tantal kabilarning ularning birikmalaridan
ajratib olishda yagona usul
hisoblanadi.
Faradeyning birinchi qonuniga muvofik, elektrodlarda
ajraluvchi modda miqdori
elektrolitdan o‘tgan tok miqdori, yani tok kuchi va vaktga to‘g‘ri proportsionaldir.
Faradeyning
ikkinchi qonuniga muvofiq, bir xil mikdordagi elektr tokida elektrodlarda
ekvivalent
miqdordagi modda ajraladi, yani 96500 kl yoki 26,8 A/s da 1-gr ekv modda ajraladi.
Elektrolitdan 1 A/s mikdordagi elektr toki o‘tkazilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan
modda miqdori shu moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Masalan,
temirning
elektrokimeviy ekvivalenti 1,0419 gr, nikelniki 1,0477 gr, misniki 1,1354 gr, natriyniki 0,8581 gr
va x.o.ga teng.
Elektrolizdan sanoat miqyosida qo‘llanilishining iktisodiy ko‘rsatkichi sifatida moddaning
tok bo‘yicha unumi va elektr energiyasining sarfi muxim o‘rin tutadi.
Elektrodda ajralib chikadigan modda mikdorining Faradey qonuni bo‘yicha ajralib chiqishi
lozim bo‘lgan miqdoriga nisbatining % ko‘rsatkichi shu moddaning tok bo‘yicha unumi deyiladi.
Jarayonni amalga oshirish uchun nazariy sarflanadigan elektroenergiya
mikdorining shu
jarayonni amalga oshirishga sarflangan amaliy elektroenergiya miqdoriga nisbati uning energiya
bo‘yicha unumi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: