ELYEKTROLITIK USULDA NIKEL QOPLAMASINI HOSIL QILISH Ishning maqsadi. Po‘lat plastinka sirtini nikel qatlami bilan qoplash orqali uning korroziyaga
chidamliligini oshirish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1.
1-3 l sig‘imli shisha elektrolizer.
2.
8-10 Om li reostat.
3.
5-8 A ampermetr va 5-10 V li voltmetr.
4.
10 V li akkumulyatorli batareya yoki o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka
aylantiruvchi asbob.
5.
Po‘lat va nikel elektrodlar.
6. Nikel sulfat, xrom (III)- oksid (yoki alyuminiy oksid), kaltsiy gidroksid (yoki natriy
gidroksid), 3-5 % -li sulfat kislota eritmasi va nikellovchi vannaga kerakli boshqa reaktivlar
(nikellash uchun kerakli elektrolit tarkibi, g/l hisobida: nikel sulfat 150-200; natriy sulfat -70;
magniy sulfat -10; borat kislota-30; natriy xlorid-5).
Ishning bajarilishi Nikellashda quyidagi ishlar bajariladi: metall yoki qotishma sirti nikellashga tayyorlanadi,
nikellanadi va nikel qoplamaga saykal beriladi (yaltiratiladi ).
Tajriba uchun bir tomonidan kichkina teshik ochilgan to‘g‘ri burchakli umumiy yuzasi 10-15
sm
2
bo‘lgan) temir plastinka ishlatish qulaydir.
Plastinka yuzasi shtangentsirkul yoki lineyka yordamida o‘lchanib, hisoblanadi. Plastinka sirti
jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Plastinka sirtida bir xildagi yaltiroq qoplama hosil qilish uchun,
plastinka sirti xrom (III) oksid yoki alyuminiy oksid yordamida pardozlanadi, kaltsiy gidroksid yoki
natriy gidroksid eritmasi bilan artiladi (bu paytda plastinkani pintset bilan ushlanadi) va disterlangan
suv bilan yuviladi. Shundan so‘ng plastinka sulfat kislotasining 3-5 % li eritmasiga solib qo‘yiladi,
yana suv bilan yuviladi va nikellash vannasiga solinadi.
Temirni sulfat kislotasi bilan tozalanganda uning kristall strukturasi ochiladi, natijada
koplamaning temir bilan tutashishi yaxshilanadi.