204
Tarkibi (%)
Erish harorati
(
0
С)
PbO
B
2
O
3
SiO
2
92,7
7,3
-
565
86,6
13,4
-
497
93,7
6,3
-
560
61,4
38,6
-
768
70,4
-
29,6
732
88,1
-
11,9
723
91,8
-
8,2
714
Shisha pishirish yaxshi o‘tishi uchun. Tanlangan shisha shixtasining
harorati pechning
haroratidan 50-100 0S past bo‘lishi kerak. 30-35 g shixtaga hisob qilinadi. Dastlab oksidlar
yaxshilab xovonchada maydalanib 0,1 mm li elakdan o‘tkaziladi. Oksidlar texnik tarozida 0,01 g
aniqlikkacha tortib olinib, qog‘oz ustida yoki xovonchada aralashtiriladi. So‘ng 8-10
g tortib olib
tigelga joylab qizib turgan pechga o‘rnatamiz. Olingan shisha massasining tarkibi bir xil bo‘lishi
kerak. Buning uchun erigan massani 10-15 minut ushlanadi. Shishani massasini sim bilan
aralashtirib tursak shishaning bir xilligi va pishishi tezlashadi. Lekin bu maqsada platina sim emas
temir sim ishlatilsa, shisha tarkibi temir oksidlari bilan ifloslanadi. Shisha pishgandan so‘ng tigelni
chiqarib olib,
shishani toza temir, nikel yoki keramik plitkaning ustiga to‘kamiz.
5-8 g oson suyuqlanuvchan shishani shisha idishlarda gaz gorelkasida amalga oshirish
mumkin. 3-4 g shishani spirt lampasida ham amalga oshirish mumkin.
Gaz gorelkasida shisha
pishirish 5 minut davom etadi. Qizdirishni shisha massasi to‘liq eriguncha olib borish kerak. So‘ng
uni tezda keramik plitkaga yoki toza temir listga to‘kish kerak.
Agar shisha pishirishda oddiy probirkalar ishlatilsa ular uzun bo‘lganligi uchun, to‘kilishga
ulgurmay qotib qoladi. Shuning uchun qisqa 4-5 sm li probirkalar olish kerak. Agar shishani gaz
gorelkasida olib borsak chinni tigellardan ham foydalanish mumkin.
PbO
ni pishirish uchun surik, qo‘rg‘oshin karbonat yoki nitratini 500
0
C da 15-20 min
davomida kuydirish kerak. Potash va soda quritilib 500-600
0
C da kuydiriladi. Bularni
mahkamlanadigan idishlarda saqlash saqlash zarur. Shisha pishirishda bor oksidining o‘rniga borat
kislotasini ishlatish mumkin. Uni qizdirish vaqtida ko‘piklashishi,
shisha pishirishni
yomonlashtiradi. Shuning uchun shisha pishirishdan oldin borat kislotasini bor oksidiga o‘tkazib
olish kerak. Buning uchun borat kislotasi bor oksidiga o‘tkaziladi. Buning uchun borat kislotasi
kichik-kichik portsiyalarda (2-10 g) platina yoki chinni idishda 650
0
C da kuydiriladi.
Kuydirilgan
bor oksidi yaxshi yopiladigan idishda saqlash kerak. Shisha tarkibiga solinadigan bor oksidi chinni
hovonchada maydalanadi. Bor oksidi sochilishi mumkin. shuning uchun tigel og‘zi yopiladi.
Shishani pishirish uchun eng yaxshi tigel bu korundlidir. U shishani ifloslantirmaydi va
issiqlika chidamli. Shisha pishirishni chinni tigellarda Ham olib borish mumkin, lekin tigellar darz
ketishi ham mumkin. Agar tigel yorilsa yoki ag‘anasa tezda pechni o‘chirib, pechkani tezda sovitish
uchun pechning qapqog‘ini olish kerak va tigelni olish kerak. Erigan
shisha pechda oqib tushsa
pechni va spiralni tezda ishdan chiqarishi mumkin. shisha pechga yopishmasligi uchun tigelni,
g‘ishtdan yasalgan podstavkaga qo‘yish kerak.
Dostları ilə paylaş: