202 Ishdan maqsad: Mineral o‘g‘itlar chiqigndisi bulgan fosfogipsdan bog‘lovchi mahsulotlar olish
texnologiyasi jarayonini o‘rganish.
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
1.Quritish shkafi.
2.CHinni xovoncha.
3.№008 elak.
4.Qozoncha yoki tovacha.
5.Qumli laboratoriya xammomi.
6.Elektr plitkasi yoki gaz gorelkasi.
7.Metall gilzali termometr.
Ishni bajarish tartibi
. Laboratoriya sharoitida mineral o‘g‘itlar chiqindisi bo‘lgan fosfogipsdan bog‘lovgi maxsulot –
qurilish gipsi olish uchun oldindan quritish shkafida biroz quritib olingan fosfogipsni laboratoriya
tegirmonida yoki chinni xovonchada GOST 125-70 talablariga mos keladigan darajagacha
maydalanadi. Sungra №008 elakdan 15% qoldiq qolguncha utkaziladi. Sungra quritish shkafiga
joylashtirilib 50-95
0
C xaroratda 2-3 soat davomida muntazam aralashtirilib turgan holda quritiladi.
Quritish vazni doimiy holga kelguncha davom ettiriladi. Quritish natijasida fosfogips gigroskopik
namlikdan quritiladi va bog‘langan suv miqdorini aniqlaymiz. Nazariy jixatdan, bog‘langan suv
20,93% ni tashkil qiladi, bu esa o‘z navbatida ikki molekula suvga to‘g‘ri keladi. Amalda turli
aralashmalar mavjud bo‘lganligi sababli bog‘langan bog‘langan suv miqdori nisbatan kam bo‘ladi.
Yaxshilab maydalangan va quritilgan fosfogips gaz yoki elektr plitkasi yordamida qizdiriladigan
qozoncha (tovacha) ga, solib qumli laboratoriya hammomiga joylashtiriladi va asta sekin qizdirib
pishiriladi.
Pishirish davomida fosfogips kukuni xarorati termometr yordamida ulchab turiladi. Termometr
metall gilzaga urnatilib, uning yordamida fosfogips tez-tez aralashtirib turiladi.
SHunday qilib gilzadagi termometr bir vaqtda aralashtiruvchi va xaroratni ulchovchi vazifasini
bajaradi.
Pishirish davrida xarorat 150-160
0
C dan oshib ketmasligiga e‗tibor berish kerak. Buning uchun
gorelka alangasini uzgartirib turiladi yoki elektr plitkasi vaqti – vaqti bilan uchirib – yoqilib turiladi.
(xarorat avtotransformator yerdamida elektr plitkaga tegishli kuchlanish berish bilan boshqarib turilsa
xam buladi). Pishirish 2 soat davom etadi. Sungra bog‘langan (gidrat) suvni aniqlanadi. Nazariy
jihatddan bog‘langan suv 6,21% bulishi kerak.