217 Ishlov berilgan vannaga elektrodlar tushuriladi. Anod qo‘rg‘oshin plastinkadan, katod esa
nikel bilan mis yoki po‘latdan iborat bo‘ladi.
Katod oldindan xuddi nikellashdagi singari (1-ishga karang!) elektrolizga tayyorlanadi.
Vannaning ishchi kuchini kamaytirmaslik uchun, tajriba maqsadlarida elektrodlarning kichik
yuzalarida (10-15sm
2
) amalga oshiriladi.
Xromlash 3-5 min davom etiriladi. Natijada xromning bir necha mikron kalinlikdagi
qoplamasi hosil bo‘ladi. Katod massasi juda kam o‘zgarganligi uchun elektrolizning tok bo‘yicha
unuminini hisoblash shart emas. Elektroliz tugagandan so‘ng katod vannadan olinadi, suv bilan
yuviladi va uning korroziyaga chidamliligi tekshirib ko‘riladi. Buning uchun xromlangan qoplama
sirtiga 10-20 % li nitrat kislota tomizib, bir necha daqiqa quyib qo‘yiladi. Bunda nitrat kislotaning
xromga ta‗siri kuchsiz bo‘lganligi uchun, metall bilan kislota o‘rtasida ta‗sirlashuv kuzatilmaydi.
Xromlash xona haroratida va tarkibi, g/l hisobida: СrО
3
- 150; H
2
SO
4
- 0.6; NaF -10.0
bo‘lgan elektrolitga ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda tokning katod zichligii 0,05-0,1 А/см
2
bo‘lishi
lozim. Elektrolizning tok bo‘yicha unumi 10-16 % ni tashkil etadi.
b) Xromning olinishi. Elektrolitik usul bilan xrom metallini olishda yupqa, oson
ajraluvchi xrom qatlami hosil qilinadi. Bunda tarkibi, g/l hisobida: CrO
3
-250; H
2
SO
4
-2.5 bo‘lgan
elektrolift qo‘laniladi.
Tok zichligi 0,3 A/sm
2
, xona harorati va tok buyicha unum 30% bo‘ladi. Katod po‘lat
plastinkadan tayyorlanadi. Anod sifatida ko‘rg‘oshin plastinka ishlatiladi. Laboratoriya sharoitida
katod sifatida yupqa mis plastinkasi yoki folgasi qo‘llanilgani maquldir. Elektrolizdan so‘ng katod
nitrat kislotada eritiladi. Bunda mis erib ketadi, xrom esa cho‘kmada toza holda ajratiladi.
Tajriba yukoridagi (a-bo‘limdagi) kabi metodika bo‘yicha bajaraladi. Xrom ajralib chiqishi
hiobiga muvofiq vannaga xrom (VI) – oksid solinadi.