3.O'zbekiston tarixini o'rganishda moddiy va yozma manbalarning ahamiyati….O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma’naviy merosi, boyligi hisoblanib muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o‘z mazmuniga ko‘ra, moddiy va yozma turlarga bo‘linadi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. O‘tmishda mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda bajariladigan ishlar hali ko‘p. Jumladan, mavjud manbalar ham xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari xususida to‘liq, 3zarur va etarli ma’lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan ularni sinchiklab o‘rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhim. Xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», qadimgi davr tarixiga oid muhim manba, Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston tirixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid zarur ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg‘oziyning «Shajari turk», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”va shu kabi boshqa asarlarni ham tarixiy manba sifatida misol qilish mumkin.
4.XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat to'g'risida tushuncha bering? XX asrning 70-yillarda boshlangan turg'unlik holati 80-yillarning o'rtalarida ijtimoiy-siyosiy tanglikni yanada kuchaytirdi. Bu moddiy boyliklarni taqsimlash jarayonida davlat monopoliyasi va boshqaruv tizimi hukmronligining kuchayishi natijasida ishlab chiqarish sur'atlari va mehnat unumdorligining pasayishiga, mehnatkashlarning o'z mehnatlari samaralaridan begonalashuviga olib keldi. Boshqaruv tizimining o'ta markazlashtirilganligi, siyosiylashtirilganligi ijtimoiy adolat printsiplarining buzilishi va iqtisodiyotda jiddiy nuqsonlarga olib kelishi natijasida sarf-xarajatlari tobora oshib borgan, tufayli sovet bir qator islohotlar o'tkazishga majbur bo'ldi. Partiya rahbarligi va ma'muriy buyruqbozlik tizimiga bo'ysundirilgan tizim doirasida iqtisodiyotning mafkura izmiga to'la bo'ysundirilishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natijani bermadi. SHu davrda ta'lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot ishlarining miqdoriy ko'rsatkichlari qanchalik yuqori bored qaramligi sababli o'zlarining ish faoliyatida kompartiya mafkuraviy tazyiqidan chetga chiqa olmadilar. 80-YILLARNING BIRINCHI BOSHQA YARMIDA, SOHALARDA BO'LGANIDEK, O'ZBEKISTONNING MA'NAVIY HAYOTIDA HAM INQIROZGA HOS VAZIYAT VUJUDGA KELDI. XALQNING MILLIY AN'ANALARI VA MADANIYATINING QIMMATLI BEBAHO MANBALARIDAN BEGONLASHTIRISH KO'CHAYDI. MADANIY INQILOBNING INSONPARVARLIKKA DOIR VA UMUMINSONIY QADRIYATLAPNI BAHOLASHGA KESKIN PARTIYAVIY VA SINFIY NAZARDA TURIB YONDASHADIGAN KOMUNISTIK G'OYA MILLAT MADANIY RIVOJLANISHIGA ZIYON YETKAZADI.