1. O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…


Mustaqillik - me'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilish jarayonlari haqida ma’lumot keltiring?



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə7/15
tarix07.01.2024
ölçüsü56,22 Kb.
#205002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
o\'zb javoblari

13.Mustaqillik - me'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilish jarayonlari haqida ma’lumot keltiring? Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bо‘lib, quyidagilar bayon etilgan: О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: о‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning о‘z takdirini о‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, О‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
14.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi qanday bo'lgani haqida ma'lumot bering?... 2022-yilning may oyi xalqimiz hayotida oʻziga xos voqelikka ega boʻlgan oy sifatida tarixga muhrlanmoqda. Boisi 17-may kuni mamlakatimiz parlamentida eng koʻp deputatlik oʻrniga ega boʻlgan ikki siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusini ilgari surishga qaratilgan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 20-may kuni Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qoʻshma majlisi oʻtkazilib, yigʻilishda Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish katta kuch va masʼuliyat talab qilishi bunda har bir fuqaro fikrlarini tinglash zarurligi qayd etilib, ushbu vazifalar bilan shugʻullanuvchi Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi. Oʻtgan bir haftada Konstitutsiyani takomillashtirish uchun fuqarolarga oʻz takliflarini bildirishning bir necha koʻrinishdagi imkoniyatlari yaratildi. Jumladan, ayni kunda yurtdoshlarimiz Meningkonstitutsiyam.uz portali hamda maxsus Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflarini bildirishlari mumkin. Qisqa vaqt ichida ushbu xalq vakillari tomonidan ilgari surilgan tashabbus fuqarolarimiz va keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin