17.Mustaqillikning e'lon qilinishi qanday o'zgarishlarga sabab bo'ldi?... 1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi: „O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: ..
18.Demokratik jamiyat taraqqiyotida saylovlarning eng muhim jihatini aniqlang?... Demokratik saylovlarni inson huquqlari, so‘z va axborot erkinligi, uyushish huquqi kafolatlarisiz tasavvur qilish mushkul. Ushbu huquqlarning ta'minlanishi saylov kampaniyasi samaradorligi hamda saylovchining erkin va ongli ravishda qaror qabul qilishining asosi hisoblanadi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati hamda uni tashkil qilishni o‘z ichiga oladigan fuqarolarning uyushish huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda NNT saylov kampaniyasining faol ishtirokchisi sifatida siyosiy tadbirning ochiq va oshkoraligini ta'minlash omiliga aylangan.Birinchidan, bugun ular saylov jarayoni barcha ishtirokchisining huquqiy hamda elektoral madaniyatini oshirish bo‘yicha keng miqyosli ishlarni bajarmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilning 7 oktabrida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosida salmoqli o‘rin tutmoqda.