1. Pedagogik muloqot madaniyati 2


dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi



Yüklə 389,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.12.2022
ölçüsü389,65 Kb.
#77410
1   2   3   4   5   6
0sBGwfPU7Bghj3jvMeNbdcvoaoHGy84MW9AwLKUM (1)

dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi. 
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o„qituvchi har qanday axborotni 
qarab chiqar ekan, o„quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi 
axborotlarning muhimligini alohida e‟tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot 
madaniyati, o„qituvchini g„oyat xilma-xil sharoit va ko„rinishlarga moslashishiga 
imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo„lmasada, 
o„quvchilar ichki dunyosida sodir bo„layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim 
bo„lgan zarur ichki jarayonlar ko„rinishlarining alomatlarini bilib, ta‟lim-tarbiyaviy 
faoliyat olib boradi. 
“О„qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega 
bо„lishi va о„quvchilarga aytmoqchi bо„lgan fikrlarini tо„la va aniq, ifodalay 
olishni bilmog„i zarur”. U о„z fikrini davom ettirib, “О„qituvchi va rahbarning 
vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga о„xshaydi, shu sababli о„qituvchi 
eshitgan va kо„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli 
nutqqa ega bо„lishi о„quvchilarga aytmoqchi bо„lgan fikrlarini tо„la va aniq, 


ifodalab berishni bilmog„i lozim. Shu bilan birga о„z or-nomusini qadrlashi, 
adolatli bо„lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega 
bо„ladi va baxt chо„qqisiga erishadi” deb ta‟kidlaydi. 
Pedagoglik murakkab, lekin shu bilan birga sharafli kasbdir. Pedagog 
faoliyatining negizida emotsiogen omillar bisyordir. Bunday emotsiogen omillar 
ta‟sirida kasbiy dezadaptatsiya va shu bilan birga kasbiy yaroqsizlik holatlari kelib 
chiqishi tabiiy. N.V.Klyuev tahriri ostida nashr qilingan “Pedagogicheskaya 
psixologiya” darsligida pedagoglarning psixologik salomatligini saqlashga 
qaratilgan faoliyatning olti jihatini ajratib kо„rsatgan: 
1) о„ziga nisbatan ijobiy munosabat; 2) shaxsning optimal darajadagi 
taraqqiyoti, rivojlanishi va о„zligini namoyon qilishi; 3) psixik integratsiya; 4) 
shaxsiy mustaqillik; 5) atrof muhitni real idrok etish; 6) atrof-muhitga adekvat 
ta‟sir о„tkaza olish. 
Deyarli 80% pedagoglar о„zlarida “kuyish sindromi”, ya‟ni doimiy 
emotsional zо„riqish bilan bog„liq bо„lgan emotsional, jismoniy va aqliy 
tо„yinishni о„zida mujassamlashtirgan murakkab psixofiziologik fenomenni 
mavjudligini ta‟kidlaydilar. Mazkur sindrom depressiv holat, charchoq hissi va 
loqaydlik, shijoat va entuziazmning yetishmasligi, о„z faoliyatining ijobiy 
tomonlarini kо„ra olmaslik va ishga, umuman hayotga nisbatan munosabatda 
salbiy ustanovkalarda namoyon bо„ladi.
Pedagogning emotsional holatiga jamoadagi muhit va rahbariyatning 
munosabati ta‟sir qiladi. Agar ta‟lim muassasasi rahbariyati hodimlar uchun kasbiy 
о„sish uchun sharoit yaratsa, qо„llab-quvvatlasa, javobgarlikni teng taqsimlasa 
bunday muhit pedagoglar jamoasidagi ijobiy emotsional muhitni shakllanishiga 
xizmat qiladi. 
Pedagoglar faoliyatini tashkil qilishda ularning ruhiy salomatligiga xavf 
soluvchi quyidagi omillarni bartaraf etish lozim:
- pedagogik jamoadagi zо„riqishlar va nizolar, jamoa tomonidan qо„llab-
quvvatlanishning yо„qligi; 


- pedagoglarning о„z ustida ishlashiga sharoit yaratilmagan va ta‟lim 
novatsiyalarini joriy etish muhitining yо„qligi, faoliyatdagi bir xillik; 
- pedagogik jamoa tomonidan yetarlicha e‟tibor berilmasligi va tan olinmaslik; 
- ta‟limiy vositalarning tanqisligi tufayli zо„riqish; 
- pedagoglardagi pedagogik faoliyat modelining real holati va idealdagi holatidagi 
tafovutlarning borligi; 
- kasbiy karyeraning va istiqbolning yо„qligi; 
- о„quvchilarning motivatsiyalashmaganligi natijasida kelajakni “kо„ra bilmaslik”; 
- pedagogning shaxsiy nizolari va notо„liqlik hissi. 
Yuqoridagi holatga tushib qolgan pedagoglar bilan ishlashda quyidagi 
terapevtik usullar qо„llaniladi: bixevioral, gumanistik, kognitiv va boshqalar. 
Nemis olimi F.Shtaufenbil о„tkazgan madaniy-sotsiologik tadqiqotidan sо„ng 
mehnat madaniyati degan tushuncha paydo bо„ldi va bunda pedagoglarning 
quyidagilarga e‟tibor qaratishi tavsiya etildi: 
1. Aqliy va jismoniy о„zaro mehnatni almashtirib qо„llash; 
2. Pedagogik jamoada ijobiy muhitni shakllantirish; 
3. Mehnatni ilmiy tashkil etish; 
4. Atrof muhitni estetik bezaklariga e‟tibor qaratish.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida faqat voqelikni 
bilib qolmay, balki xayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda 
ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg„u uyg„onadi. Mamnun bо„lish, 
suyunish, g„azablanish kabilar his-tuyg„ularning kо„rinishlaridir. His-tuyg„ular 
kishining о„z xayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga 
yoki nima bilan mashg„ul bо„layotganiga nisbatan о„zicha turli xil shaklda 
bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg„ular о„zining kechishiga kо„ra о„zgarib 
turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg„ularni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, 
kayfiyat, kuchli xayajonlanish /stress/, ehtiros kо„rinishlariga ega bо„ladi. His-
tuyg„ular shaxsning emotsional soxasini tashkil etadi. 
Kishida his-tuyg„ular uning extiyojlari qondirilishi jarayoni qanday 


kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bо„ladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional xolatlar, his-tuyg„ularning kechishi 
ham miya faoliyatining natijasi bо„lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bulishi 
tashqi olamda rо„y beradigan о„zgarishlardan boshlanadi. Bu о„zgarishlar kishi 
xayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil extiyojlarning paydo 
bulishiga yoki yо„qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi 
о„zgarishlarga olib boradi. His-tuyg„ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham 
murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog„liqdir.
«Hissiyot» /«emotsiya»/ va «his-tuyg„u» degan sо„zlar kо„pincha sinonimlar 
sifatida qо„llaniladi. Torroq ma‟noda olganda, bu qandaydir biroz doimiyroq his-
tuyg„ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» 
sо„zi ruhiy hayajonlanish, ruhiy xarakterlanish degan ma‟noni beradi. 
Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bо„linadi. Stenik hislar kishini 
g„ayratlantirsa, astenik hislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi. 
Kishini tez chulg„ab oladigan va shiddat bilan о„tib ketadigan his-tuyg„u 
affekt /hissiy portlash/ deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay olmaydi, 
о„zini boshqara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda о„ziga 
bо„ysunmaydi. 
Kayfiyatlar uncha kuchli bо„lmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan 
barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayg„uli, tetiklik yoki lanjlik, 
hayajonli yoki ma‟yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik 
kabilar tarzida kechadi. 
Stress – kuchli hissiy zо„riqishdan iborat jarayon. Hissiy zо„riqish xavf-xatar 
tug„ilgan, kishi xafa bо„lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan vaziyatlarda rо„y 
beradi.
Ehtiroslar deb kishi hatti-harakatlari yо„nalishini belgilaydigan, barqaror, 
chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros, bedana 
urishtirish kabilarga ehtiros. 
His-tuyg„ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning his-tuyg„ulari о„z mazmuni 
va kechishiga kо„ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. Masalan, jirkanish, 


faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish 
kabilar faqat insonga xos bо„ladi. 
Intellektual, ya‟ni / aqliy / his-tuyg„ularga bilishga qiziqish, ajablanish, 
shubhalanish, taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bularning barchasi ijobiy 
xarakterga ega bо„lib kishini bilishga, о„rganishga, ishtiyoq bilan ishlashga 
undaydi. 
Ma‟naviy 
his-tuyg„ularga 
dо„stlik-о„rtoqlik, 
Vatanga 
muhabbat, 
insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his-tuyg„ular 
kiradi. Bizning ahloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu hislar orqali
belgilanadi. 
Estetik his-tuyg„ularga bizning gо„zal, chiroyli, yoqimli narsalardan 
zavqlanishimiz, shodlanishimiz, huzur qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi. 
Bu hislarning manbai gо„zal tabiat, san‟at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar 
bо„lishi mumkin. 
Intellektual, ma‟naviy, estetik tuyg„ularni faoliyat va muomala jarayonida 
boshdan kechiramiz. Ijtimoiy voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlar 
boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg„ular deb ham aytamiz. 
Hissiyot yoki tuyg„u - emotsiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki
bunda tashqi ta‟sirotning xarakteri va shaxsning unga bо„lgan munosabatlari 
ifodalanadi. Ba‟zi predmetlar, voqealar, harakatlar shaxsni quvontiradi, huzur 
bag„ishlaydi, xursand qiladi. Ba‟zi predmetlar esa shaxsni xafa qiladi, qaxr-
g„azabini qо„zg„aydi, behuzur qiladi. Tashqi ta‟sirotning xarakteriga (ijobiy yoki 
salbiyligiga) qarab shaxs unga nisbatan о„zining munosabatini bildiradi. Tashqi 
ta‟sirotning yoqimli tomonlari shaxsda ijobiy munosabatlarni vujudga keltiradi. 
Mazza kilish, qoyil qilish, huzur-halovat, sevinch, quvonch, xursandchilik kabi 
holatlar ijobiy munosabatning kо„rinishlaridir. Tashqi ta‟sirotning noxush, 
yoqimsiz tomonlari shaxsda salbiy munosabatlarni paydo qiladi g„azablanish, 
ranjish, xafalik, qо„rqish, behuzur bо„lish kabilar salbiy munosabatning 
kо„rinishidir. Shaxs о„zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy xolatlarni 
boshdan kechiradi. Agar u xavf ostida bо„lsa. qо„rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga 


erishsa, zavqlanadi, intilish va harakatlari tо„g„ri, unumli rо„yobga chiqsa, 
quvonadi, ruhi kо„tariladi. Demak, shaxsda turli his-tuyg„ularning vujudga kelish 
manbai uning ehtiyojlari, natijalari va istaklaridir. 
Toliqish – organizmning aloxida fiziologik holati bо„lib, uzoq vaqt yoki zо„r 
berib ishlash natijasida paydo bо„ladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan 
ifodalanadi. Ob‟yektiv jihatidan yomonlashuvida va miqdoriy kamayishida yuzaga 
chiqadi. Sub‟yektiv jihatidan toliqish odamning charchoq his qilishi bilan 
ifodalanadi. 
U qator fiziologik (diqqat funksiyasining yomonlashuvi, mushak 
chidamining pasayishi, ish bajarish bilan bog„liq protsesslar koordinatsiyasining 
buzilishi) va biokimyoviy (qonda qand miqdorining pasayishi va boshqalar) 
kо„rsatkichlar bо„yicha aniqlanadi. 
Toliqishning tabiatini tushuntirib beradigan qator nazariyalar mavjud. Biroq 
tadqiqotlar bu nazariyaning asossiz ekanini kо„rsatdi, chunki toliqish energetik 
resurslar (glikogen) tugamasdan oldin ham yuz berishi mumkin. Boshqa
nazariya tarafdorlari (Veyxard va boshqalar) toliqishni organizmda “toliqish 
zaxarlari” hosil bо„lishi bilan tushuntirganlar. Bu nazariya ham notо„g„ri bо„lib 
chiqdi, chunki intoksikatsiya hodisalari toliqmagan mushak ekstrakti yuborilgan 
hayvonlarda ham paydo bо„lgan. I.M.Sechenov birinchi marta toliqishning his 
qilish manbai markaziy nerv sistemasidagina bо„ladi, degan g„oyani bayon qildi. 
I.P.Pavlov toliqishning asosiy sababi MNX1 funksional holatining о„zgarishida – 
bosh miya pо„stlog„ida deb hisobladi. Ishlash natijasida bosh miya pо„stlog„ida
tarqalgan tormozlanish protsessi vujudga keladi, bu pо„stloq hujayralarini 
holsizlanishidan saqlab turadi. Bu nazariya shuningdek shu qobiliyatiga odamning 
emotsional xolati ta‟sirini ham tushuntiradi (ruxlantiradigan sо„z, musiqadan 
keyin, ishga qiziqish bо„lganda va shu kabilarda toliqishning bartaraf bо„lishi). 
Toliqish, aftidan, butun organizm funksional holatining о„zgarishi bilan izohlanib, 
bunda markaziy nerv sistemasidagi о„zgarishlarning roli yetakchi hisoblanadi. 
О„ta toliqish uchun bosh og„rig„i, uyqusizlik, arzimas narsalarda achchiqlanish, 
xotiraning susayishi, kabilar. Shu munosabat bilan bizning mamlakatimizda ish 


kuni va ish haftasini qisqartirib borish bо„yicha olib borilayotgan tadbirlarning 
ahamiyati nihoyatda katta. Ish davrlari bilan ular о„rtasidagi tanaffuslarni
navbatlashning oqilona sistemasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Harakatlanish 
barvaqt toliqib qolishga sabab bо„lishini unutmaslik kerak. 

Yüklə 389,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin