1. Pedagogik muloqot madaniyati 2


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov



Yüklə 389,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.12.2022
ölçüsü389,65 Kb.
#77410
1   2   3   4   5   6
0sBGwfPU7Bghj3jvMeNbdcvoaoHGy84MW9AwLKUM (1)

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, 
“Yosh avlodimizning 
qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro„y berayotgan siyosiy jarayonlarning 
ma‟no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o„z atrofida sodir bo„layotgan 
voqealar haqida haqqoniy ma‟lumotlarga, eng muhimi, o„z mustaqil fikriga ega, 
sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo„lishiga erishish ta‟lim-
tarbiya va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo„lishi 
kerak... bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo„lgan shaxsni 
tarbiyalash masalasi nafaqat ma‟naviy, kerak bo„lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb 


etadi”.  
Bu vazifalarning bajarilishiga, ta‟lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning 
asosiy amalga oshiruvchisi bo„lgan o„qituvchining o„quvchilar bilan o„zaro 
muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi. O„quvchi ma‟naviy muhitining 
shakllanishi o„qituvchilarning yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo„ladi. Bu 
o„rinda o„qituvchining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati 
zamirida shakllanib, takomillashadi. 
Pedagogik muloqotda o„qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-
harakatlari o„quvchining ideali sifatida namoyon bo„ladi. O„quvchining o„qituvchi 
shaxsi haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati uning 
ma‟naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal 
tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O„qituvchi sub‟ekti bilan, o„quvchi 
ob‟ekti o„rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o„zaro muloqot madaniyatiga 
salbiy ta‟sir etadi, natijada o„quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari 
rivojlanmaydi. 
Pedagogik muloqot madaniyati o„qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga 
yo„naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o„qituvchining muhim fazilati, uning 
muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va 
psixologik fanlarda o„ziga xos ta‟rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi 
sifatida muomala o„quvchilar qalbiga yo„l topa olish, ularga yondashish uchun 
mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilar 
bilan o„zaro aloqa bog„lashga qaratilgan o„qituvchining pedagogik qobiliyatidir. 

Yüklə 389,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin