- o„qituvchida tarbiyalash
mahoratining shakllanganligi, uning tarbiyaviy
jarayonga oid so„z va ohangni tanlay bilishi va ta‟sir o„tkaza olishi;
- muomala ob‟ekti bo„lmish o„quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza,
harakat, imo-ishoralarni o„z o„rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta‟sirni bilishi;
- o„quvchilarning
ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda
muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o„quvchilarni ta‟lim va tarbiyaviy
muloqotga tayyorlashi;
- o„quvchilarga og„zaki, o„zaro ta‟sir ko„rsatishning
tarbiyaviy usullarini
bilishi. O„qituvchining nutqi ravon, o„quvchilar ongiga ijobiy ta‟sir
qiladigan
bo„lishi.
Nihoyat, o„qituvchining o„quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib
keladiki, u o„quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma‟no
va haqiqiy
sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning
uchun namuna sifatida uning
o„zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o„quvchilarning xulq-atvop usullaridan
foydalanadi. O„qituvchining o„quvchilar bilan muomalasi
tarbiyani boshqarish
vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o„rnini to„ldiruvchi
vazifasini
bajaradi. Muomala o„zaro munosabatlar doirasida sodir bo„ladi. Boshqarish
vositasi bo„lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: