O’rta va quyi bo’g’in rahbarlari belgilangan ish turlarining tashkilotchilari vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun personalni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik qilish, korxona alohida bo’linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish personalni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda korxonaga ishchi kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtai nazari o’zgaradi.
Personalni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Egiluvchanlik — ishlab chiqarishda va personal tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati.
Markazlashtirish — korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi bo’g’inlar ixtiyoriga berish.
Boshqaruv me’yorlari— har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Huquq va majburiyatlar mushtarakligi— bu korxona bo’linmalari va personalning huquq va majburiyatlari mushtarak bo’li-shini taqozo etadi.
Vakolatlarning chegaralanishi — bu tamoyilga ko’ra, liniya rahbarlari mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga oid qarorlar qabul qilinishini, funktsiyali rahbarlar mazkur qarorlarni tayyorlashlari va ular ijrosini ta’minlashlari kerak.
Tejamkorlik— boshqaruv tashkiliy tuzilmasi uchun sarf-xarajatlar oqilona bo’lishini anglatadi.Korxonalarda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan, ya’ni: