1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə3/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

1. Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
2. Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:
1. Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.
2. Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga taalluqli ekanligini anglatadi.
3. Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi.
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan iboratdir:
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi.
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi kichik personal.
Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish.
Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin