1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə6/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. “Personalni boshqarish” fanining vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishini gapirib bering.


2. Boshqaruv personali va ishlab chiqarish personali deganda nimani tushunasiz?
3. Personalni boshqarish qanday tamoyillarga asoslanadi?
4. Personalni boshqarishning mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering?
5. Xodimlar salohiyatini shakllantirish deganda iimani tushunasiz?
6. Persopalni boshqarish jarayonidagi asosiy ishtirokchi guruhlar xususida nimalarni bilasiz?
7. Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalari o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
8. Mehnat munosabatlari omillarini tushuntirib bering.
9. Boshqaruv rivojlanishining asosiy bosqichlarini izohlang.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Abdurahmonov Q.X., Xolmo’minov SH.R., Zokirova N.Q., Irmatova A.B. Personalni boshqarish. Darslik.-T.: “Iqtisodiyot”, 2011- 580 b.


2. Абдураҳмонов Қ.Ҳ., Холмўминов Ш.Р., Зокирова Н.Қ. Персонални бошқариш. Дарслик. – Т.: “Ўқитувчи”, 2008 – 655 б.
3. Маслова В.М. Управление персоналом: учебник для бакалавров. – М.: Издательство ЮРАЙТ, 2012 – 488 с.
4. Лукашевич В.В. Основы управления персоналом: учеб.пособие: М.: И-во « Кнорус», 2012- 272 с.


2- mavzu : KORXONA VA UNING PERSONALI
Reja:
1. Korxonalar va ularning turlari
2. Korxonalar boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi
3. Korxona personali va uning tarkibi
4. Personalning boshqaruv ob’ekti sifatidagi tavsifi


Korxonalar va ularning turlari
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik xuquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulotni ishlab chiqaradigan, sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huqukliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona deb ataladi”.
Korxona faoliyati maqsadlari o’z mahsulotlari ishlari va xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mulk egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi qonunida belgilab qo’yilgan mulk shakllariga binoan korxonaning quyidagi turlari farqlanadi:
- jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
- shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlariga, jamoat tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
- aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo’shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub to’liq yoki hissador yo’sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi.
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin.
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin