1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə9/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

affilirlangan (qo’shilgan) — filial, sho’’ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko’rsatadigan firmalar;
broker — tijorat maqsadini ko’zlaydigan va mijoz topshirig’iga ko’ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar;
venchur — kichik va o’rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi;
investitsion — investitsiyalash va qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni o’tkazadigan firmalar;
injiniring — muhandislik maslahati ko’rsatishga ixtisoslashgan firmalar;
innovatsion — yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar;
konsalting — maslahat xizmati ko’rsatishga ixtisosdashgan firmalar;
ishlab chiqarish firmalari — aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan bo’ladi;
savdo firmalari — savdo-sotiq bilan shug’ullanadi;
rieltor firmalari — ko’chmas mulk sohasidagi amallarga ixtisoslashgan bo’ladi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Xolding (inglizcha “holding” — “egalik” so’zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Bunday mehnat munosabatlarida xodimlar korxona egalari (mulkdorlari) yoki korxona mulkiga sherik bo’lishlari ham mumkin.Ular bu holda korxona foydasidan o’z ulush (dividend)lariga ega bo’libgina qolmasdan, korxonadagi shaxsiy mehnat faoliyati uchun tegishli ish haqi ham oladilar.
Shaxsiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar hamda oilaviy korxonalarda mashg’ul bo’lganlar yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olingan bo’lsalarda, yollanib ishlayotgan personal tarkibiga kiritilmaydi. Chunki ular o’z mehnatlari uchun soliklar va boshqa majburiy to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng ixtiyorlarida qoladigan daromadlari hisobidan haq oladilar.
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo’lgan barcha xodimlar: yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham, ishlayotgan mulk egalari ham kiradi.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:
- mulkdorlar(aksiyadorlar);
- boshqaruvchilar (menejerlar);
- korxona personali (jismoniy shaxslar).

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin