1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar


Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul muomala



Yüklə 40,98 Kb.
səhifə2/14
tarix18.03.2023
ölçüsü40,98 Kb.
#88663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar

4.Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul muomalalarining hisobi./Korxonalarning maxsus hisobvaraqdaridagi pul muomalalarining hisobi 5500-«Banklardagi maxsus hisobvaraqlar» hisobvarag‘ida yuritiladi. Mazkur hisobvaraq mamlakatimiz xududida va undan taishcharida akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlari kurinishida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boishcha maxsus hisobvaraqlarda turgan milliy hamda xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari va ularning xdrakati to‘g‘risidagi, shuningdek aniq maksadlar uchun moliyalash mablag‘lari (tushumlari)ning alohida saqlanadigan qismi harakati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga muljallangan. Banklardagi maxsus hisobvaraqlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin: 5510-«Akkreditivlar» 5520-«Chek daftarchalari» 5530-«Boshkd maxsus schyotlar».
5.Valyuta muomalalari hisobi./Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faqat milliy valyuta - sumdan emas, balki har xil xorijiy valyutalardagi pul mablag‘laridan foydalanmokda va muomalalarni amalga oshirmokda. Shu munosabat bilan valyuta boyliklari va muomalalari buxgalteriya hisobi obyektiga aylanmokda. Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobi: Valyuta muomalalari korxona faoliyatining tashkil etuvchilari sifatida ettirilishini; korxonaning haqikiy valyuta axvoli aniq aks ettirilishini; valyuta bitimlarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi, valyuta boyliklari-ning borligi, ularning bus-butun saklanishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlashi lozim. Korxona valyuta schyotini O‘zbekiston Respublikasining xududida istalgan vakolatli banklarda ochishi mumkin. Korxonaning chet eldagi xorijiy bankda schyot ochishi va u bo‘yicha muomalalarni amalga oshirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ruxsati talab qilinadi. Buning uchun korxona ko‘rsatilgan schyotlardagi mablag‘lar qoldiklari to‘g‘risidagi hisobotni hamda boshqa ma’lumotlarni Markaziy Bank belgilagan shakl va muddatlarda taqdim etishi shart.

Yüklə 40,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin