5.Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish./ 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar" schyoti sub’ektning soliqqa oid majburiyatlarini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Bu joriy (qisqa muddatli) qarzlar uzoq muddatli qarzlarga doir anna shunday schyot mavjud emas, chunki amalda hisoblar yozilgan soliqqa oid barcha majburiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda joriy davrda so’ndiriladi. 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar» schyotida har bir soliq bo’yicha tahliliy hisob olib borish lozim. Shu munosabat bilan mazkur sub’ekt qonun hujjatlariga muvofiq to’laydigan har bir soliq turiga alohida schyot ochish tavsiya etiladi.
6.Sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish./ Sub’ektlar xodimlari va mol-mulki sug’urtasi bo’yicha, davlat ijtimoiy sug’urtasi, sub’ektlar xodimlarining pensiya ta’minoti va tibbiy sug’urtasiga ajratmalar bo’yicha qarzlar to’g’risida axborot quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 6510 "Sug’urtaga oid to’lovlar"; 6520 " Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar". Bunday to’lovlarning tahliliy hisobi uchun ko’shimcha schyotlar ochish tavsiya qilinadi, masalan: 6511MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar; 6512- MHTFdan Bandlikka ko’maklashish fondiga majburiy badallar;6513- MHTFdan Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga majburiy badallar; 6514fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari; 6521- Yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 6522byudjetdan tashqari Pensiya majburiy ajratmalar va hokazolar. Ijtimoiy sug’urtaga oid to’lovlarni hisoblab yozish quyidagi tarzda aks etgiriladi: -byudjetdai tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratmalar:
Dt 2010, 2310, 2510, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) Kt 6511-«MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar». - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga: Dt 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» Kt 6514-«Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqa-ri Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari». Yo’l yig’imini hisoblab yozish:Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 6521 "Yo’l jamg’armasiga ajratmalar".