7.Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish./ Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ish haqining barcha turlari bo’yicha hisoblab yozilgan ish haqi, mukofot-lar, nafaqalar, ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar va boshqa to’lovlar, shuningdek deponentga o’tkazilgan ish haqi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda yoritiladi: 6710 "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" 6720 "Deponentlangan ish haqi" 6710-"Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyoti krediti bo’yicha mehnat haqi bo’yicha hisoblab yozishlar, davlat ijtimoiy sug’urtasiga oid nafaqalar, pensiyalar va boshqa shunga o’xshash summalar aks ettiriladi. Ushbu schyot debeti bo’yicha hisoblab yozilgan ish haqi to’lovlari va daromaddan ushlab qolishlar, shuningdek ularning to’lovi aks ettiriladi.
8.Qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish./ Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan banqtsan va respublika xududidagi hamda xorijdagi qarz beruvchilardan olingan, so’mlar va xorijiy valyutadagi turli qisqa muddatli (12 oygacha muddatga) hamda uzoq muddatli (12 oydan ortiq muddatga) kredit va qarzlar to’g’risida axborot quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: -Qisqa muddatlilari: 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari"; 6820 "Qisqa muddatli qarzlar"; 6830 "To’lanadigan obligatsiyalar"; 6840 "To’lanadigan veksellar". -Uzoq muddatlilari: 7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari"; 7820 "Uzoq muddatli qarzlar"; 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"; 7840 «Tulanadigan veksellar». Qarz majburiyatining bozor qiymatini to’g’ri baholash uchun obligatsiyada ko’rsatilmaydigan va fond bozorida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan ayrim muhim ma’lumotlarni ham bilish shart. Qator holatlar tufayli obligatsiyalar rasmiy sanasidan ancha keyinroq ham chiqarilishi mumkin. Bu esa chiqariladigan zayomni rasmiy ro’yxatdan o’tkazish taomili kechikishi, kompaniyada yoki butun iqtisodiyotdagi ahvolning o’zgarishi, texnikaviy ishlar bilan bog’liq. Kompaniya bozorda amal qilayotgan foiz stavkalarini kamaytirish sharti bilan o’z obligatsiyalari realizatsiyasini atayin orqaga tashlashi mumkin.