1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar


Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga olish./



Yüklə 40,98 Kb.
səhifə11/14
tarix18.03.2023
ölçüsü40,98 Kb.
#88663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar

9.Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga olish./ Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli kreditorlardan qarzlar va boshqa hisoblab yozilgan majburiyatlarni quyidagi schyotlarda aks ettiradi: -qisqa muddatli qarzlar: 6910 "To’lanadigan qisqa muddatli ijara"; 6920 "Hisoblangan foizlar"; 6930 "Royalti bo’yicha qarzlar"; 6940 "Kafolatlar bo’yicha qarzlar"; 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi"; 6960 "Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar"; 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar"; 6990 «Boshqa majburiyatlar». -uzoq muddatli qarzlar: 7910 "To’lanadigan uzoq muddatli ijara"; 7920 "Turli kreditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar". 6910-"To’lanadigan qisqa muddatli ijara" schyotida qisqa muddatli ijara bo’yicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyatlar aks ettiriladi. 6910-"To’lanadigan qisqa muddatli ijara" schyoti krediti bo’yicha hisoblab yozilgan ijara to’lovi summasi aks ettiriladi: Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) Kt 6910 "To’lanadigan qisqa muddatli ijara". Barcha uzoq muddatli majburiyatlar singari lizing majburiyatlari ham joriy majburiyatlarga - joriy davrda to’lanishi lozim bo’lgan qarz summasi hamda uzoq muddatli majburiyatlarga ajratiladi. 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyotida asosiy qarz to’lovini o’z ichiga oladigan moliyaviy lizing bo’yicha lizing oluvchining joriy majburiyatlari, 7910-"To’lanadigan uzoq muddatli ijara" schyotida uzoq muddatli majburiyatlari aks ettiriladi. 6-son BHMSga ko’ra lizing bo’yicha foizlar balansda emas, balki moliyaviy faoliyat to’g’risidagi hisobotda; lizing oluvchi uchun bu moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar sifatida aks ettiriladi; foizlarni hisoblab yozish, lizing to’lovlarini taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
17-mavzu.1.Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi./ Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqdash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki kaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va kaysi faoliyat turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamgarishga yo‘naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxira-lashga hamda kapital egalari o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.Foyda quyidagicha taqsimlanadi:soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yigimlar va to‘lovlarga; - ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga; aksiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga.

Yüklə 40,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin