2.Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar./Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) joriy qismi: 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar"; 6020 "Berilgan veksellar". b) uzoq muddatli qismi: 7010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar"; 7020 "Berilgan veksellar". Turli mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar-moddiy boyliklar), bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun sub’ektning joriy qarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010-schyotda aks ettiriladi.
3.Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar./ Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:a) joriy qismi: 6110 "Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar"; 6120 "Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar". b) uzoq muddatli qismi: 7110 "Ajratilgan bo’linmalarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar"; 7120 «Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar». Mazkur schyotlar krediti bo’yicha alohida bo’linmalar, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari oldidagi turli xil muomalalar bo’yicha majburiyatlar tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari, xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi.
4.Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish./ Bo’nak olish butun dunyoda xaridorlar va buyurtmachilar bilan munosabat o’rnatishning juda keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bo’nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusida to’lovlar kelib tushishi hamda mol etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma bajarilishining kafolati sifatida ifodalanadi. O’zbekistonda bunday hisob-kitob shakli qonunda belgilangan (xo’jalik sub’ektlarining oldindan 15% to’lov to’lanmasa, yuklashni amalga oshirishi taqikdangan). Olingan bo’naklar pul mablag’larini olgan sub’ekt uchun ishlar bajarilmaguncha, xizmatlar ko’rsatilmaguncha yoki tovar yuklanmaguncha majburiyatni yuzaga keltaradi.