1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar


Mehnat ta’tili hamda kasallik



Yüklə 40,98 Kb.
səhifə6/14
tarix18.03.2023
ölçüsü40,98 Kb.
#88663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar

5.Mehnat ta’tili hamda kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lash./ Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko‘pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini tugrn aniqlash uchun yil davomida ta’tillarga haq to‘lash bo‘yicha harajatlarni bir maromda kiritib borishni ta’minlash zarur. Shu boisdan mehnat ta’tili vaqtiga to‘lanadigan ish haqi harajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan mivdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta’tiliga to‘lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda utkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum miqdordagi mablag korxona tomonidan zaxira kilib borilishi kerak.
6.Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi./ Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi: daromad solig‘i; pensiya fondiga ajratma; kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);xodim tomonidan korxonaga etkazilgan moddiy zararni krplash bo‘yicha to‘lovlar; alimentlar; kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar. Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab kolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichid aliment undiruvchiga berishi yoki pochta orqali junatishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma’lum bo‘lsa, u holda ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
15-mavzu.1.Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari./ Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelmokda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo‘shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi. Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hiobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal kiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin.

Yüklə 40,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin