6.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni yuritish./Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida etkazib berilgan boyliklar, baja-rilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi.Hisob-kitoblar mahsulot etkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki oldindan to‘lash tarzida amalga oshiriladi. Xalk xo‘jaligidagi hisob-kitoblar shakllariva tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxonalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblari, shuningdek tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali nakd pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni hisobga olishda 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘idan foydalaniladi.
7.Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan muomalalar hisobi./Korxona o‘z amaliy faoliyatida har doim ham bevosita o‘z kassasidan yoki o‘z hisob kitob varagidan hisob-kitoblarni amalga oshira olmaydi. Bunday hollarda mansabdor, shaxslarga hisobdorlik asosida bo‘naklar navd pullarda beriladi, ular to‘lovlarni amalga oshiradilar. Nakd pullar korxonaning xizmat safarlariga, muomalalar va xo‘jalik harajatlariga hisobdorlik asosida beriladi. Naqd pullar xizmat safarlari uchun bunaqlar tarzida ko‘prok beriladi. Korxona rahbarining farmoyishi bilan xodimlarning doimiy ish joyidan tashqarida topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum muddatga qiladigan safari xizmat safari hisoblanadi. Xizmat safari rahbarning buyrugi bilan rasmlylashtiriladi, unda xodim xizmat safariga boradigan joyning nomi, xizmat safarining muddati, maksadlari va davomiyligi ko‘rsatiladi. Xizmat safariga boradigan xodimga korxona rahbari imzolangan muxr bosilgan safar guvoxnomasi beriladi. Xizmat safari bilan bog‘liq harajatlarga shu maksad uchun belgilangan summa miqdorida nakd pul beriladi.