2.Buxgalteriya hisobotlarininng tuzish tartibi./ Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun (22-modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1 - «Buxgalteriya balansi» (1-shakl); 2 - «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl); 3 - «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl); 4 - «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl). Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Turli xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ko’p qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha axborot bilan ta’minlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qo’shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi
3.Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish./ Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak: Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar; 1Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi; 2Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi; Topshirilgan hisobot ahborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim; 1Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi; 2Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k. Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil hisoblanadi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi . Qonunning 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan qat’iy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.