1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


O'rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi



Yüklə 24,89 Kb.
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü24,89 Kb.
#99865
1   2   3   4   5   6
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari –Sharq va g\'arb falsafasi

2. O'rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi.
Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga o'tish bilan jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va ma'naviy hayoti to'liq feodallarning qo'liga o'tdi. Shu davrda, qadimgi sivilizatsiya, qadimgi falsafa, siyosat va huquqshunoslik yer bilan yakson qilindi. Ma'naviy bilim ixtiyori poplar (ruhoniylar) qo'liga o'tdi. Diniy rasm-rusumlar va qoidalar har qanday tafakkurning boshlang'ich nuqtasi va asosi bo'lib qoldi.
Xristian dogmalarining asoslarini ifodalovchi — «patristika», uning yirik vakillari Ter Tulian (150-222 yy.), Avgustin (354-430 yy.) va xristian falsafasi shakllanib, G'arb maktablarining majburiy darsligiga aylangan sxolastika (yunoncha shola — maktab) bir necha yillar davomida hukmron mafkura bo'lib qolgan edi. Falsafa to'la ravishda dinga bo'ysundirib qo'yilgan edi. Tabiatni o'rganish, hur fikrlash gunoh hisoblanib, inkvizitsiya (cherkov sudi) buyrug'i bilan jazoga tortiladi, quvg'in qilinadi.
Ammo fan taraqqiyoti dinning har qancha to'sqinlik qilishiga qaramay, feodalizm davrida madaniy-ma'naviy o'sish to'xtamadi.
Feodalizm sxolastik falsafasida, X-XIV asrlar davomida ikki asosiy oqim — nominalizm va realizm o'rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim o'rtasidagi kurashning asosiy mavzusi umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi.
Nominalistlar Ioann Rostselin (tax. 1265-1308 yy.), Ioann Duns Skott (tax. 1265-1308 yy.) va Uilyam Okkam (tax. 1300-1350 yy.) alohida predmetlargina real mavjuddir, umumiy tushunchalar (universaliyalar) esa nomlarni ifodalaydi va ular ikkilamchidir, deb hisoblagan bo'lsalar, realizm vakillari Anselm Kenterberiyalik (1033-1109 yy.) va boshqalar umumiy tushunchalar ob'ektiv mavjud bo'lib, aniq narsalar ularning ifodalanish shakllaridir, deb hisoblaganlar. Tabiatdagi narsa va hodisalarning ob'ektiv mavjudligi haqidagi nominalistlar ta'limoti cherkov obro'yining pasayishiga, dunyoning xudo tomonidan yaratilganligi, ruhning birlamchiligi va moddiy hodisalarning ikkilamchiligi haqidagi diniy aqidalarga putur yetkazishga olib kelar edi.
XIII asrda italiyalik xudojo'y faylasuf Foma Akvinskiy (1225-1274 yy.) realizmning mo'tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va Xudoning birlamchiligi, ruhning o'lmasligi kabi g'oyalarni targ'ib qiluvchi tomizm falsafasiga asos soldi.
XIX asrning 70-yillarida Foma Akvinskiyning bu falsafiy ta'limoti katolik cherkovning rasmiy nazariyasi deb e'lon qilindi, uni bilish har bir dindor uchun majburiy bo'lib qoldi.
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalizm yemirlib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Yangi geografik yo'llarning ochilishi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirdi, hunarmandchilikdan manufakturaga o'tishni ta'minladi, bu esa mashina texnikasining rivojlanishiga olib keldi.
Ma'naviy hayotda bu davr tabiatni o'rganishning kuchayishi, cherkov, din ta'siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va boshqa gumanitar fanlarning ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni odatda Renessans — Uyg'onish davri deb ataydilar. Uyg'onish davridan boshlab fan g'oyat tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Yer va osmon jismlari mexanikasi, shu bilan birga unga xizmat qiluvchi matematik usullarni kashf etish va takomillashtirish sohasida buyuk ishlar qilindi. Analitik geometriya, logarifmlar, differentsial va integral hisob joriy qilindi. Sayyoralarning harakat qonuni ochildi. Suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi «Uyg'onish davri» oxirida to'la ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda materializmning yangi ko'rinishi, falsafaning sxolastikaga zid yo'nalishi shakllana boshlagan, tabiatning eksperimental matematik tadqiqot usullari vujudga kelgan edi.



Yüklə 24,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin