1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibi



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə6/18
tarix11.06.2023
ölçüsü55,73 Kb.
#128517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibi.1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi. Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotinkizlar uchun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta’lim berilardi. 1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag’lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tamoyillari kirib kela boshladi. 1946 yilda qabul qilingan Konstitustiya Yaponiya fuqarolarining ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barcha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart» ekanligi belgilab qo’yilgan. 1947 yilda qabul qilingan «Ta’lim haqida Qonun» Yaponiya Konstitustiyasi ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta’limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda etadi. TA’LIM TIZIMINING TARKIBI Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: -bolalar bog’chalari; -boshlang’ich maktab; -kichik o’rta maktab; -yuqori o’rga maktab; -oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlari. Bu ta’lim bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini birma-bir ko’rib chiqamiz.
Koreya Respublikasi ta’lim tizimi. Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo’lgan 1945 – yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo’lsak koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson hukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g’arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshlaydilar. Bu o’z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882 – yili maxsus qo’shin uchun darslar to’xtab qolgan bo’lsa – da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta – sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo’lib xizmat qildi. 1894 – yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvhci institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 – yildan boshlang’ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 – yilda ular 34 faoliyatini tartibga solib turadigan “Xususiy maktablar to’g’risidagi qonun” qabul qilindi. 1910 – yili Koreya va Yaponiya o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o’zgartirish yo’lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo’yildi. Bu davrda 1911 – yil 23 – avgustda qabul qilingan “1 – Choson ta’lim buyrug’i” amal qildi. Unga ko’ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang’ich ta’lim olar, o’rta va oliy ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o’ylangan rejalari qatoriga kiradi. Ammo 1919 – yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya hukumati biroz yon berishga majbur bo’ldi va buyruqqa o’zgartirish kiritib, boshlang’ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922 – yil 4 – fevralda “2 – Choson ta’im buyrug’i” qabul qilindi. Bu buyruqqa ko’ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta – sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo’la boshladi. Jumladan, 1924 – yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. Shu yili Xitoy – Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi. Oddiy maktablar va boshlang’ich maktablar, yuqori va o’rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 – yil 3 – avgustda “4 –Choson ta’lim buyrug’i imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim sohasidagi zo’ravonligi kuchaydi. Jumladan, o’rta va yuqori maktablarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o’rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o’laroq, 1944 – yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo’mitasi ma’lumotlariga qaraganda o’sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor – yog’i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 – yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadagi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreyada tabiiyki boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini o’zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo “Ta’limni rivojlantirish qo’mitasi” tashkil etildi va qo’mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo’yildi. Ta’lim tizimi tadbiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin