1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Pokiston ta'lim tizimi Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə8/18
tarix11.06.2023
ölçüsü55,73 Kb.
#128517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Pokiston ta'lim tizimi Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Pokistonda umumiy ta'lim haqida qonun qabul qilingan. Pokiston umumta'lim maktablari tuzilishi quyidagicha boshlang'ich maktab (1-5 sinflar), to'lisiz o'rta (6-8 sinflar), o'rta (9-10 sinflar), oliy maktab (11-12 sinflar). Oliy o'rta maktabni shuningdek oraliq kollejni tugatganlar oliy o'quv yurtlarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet mavjud. Barcha turdagi maktablarda 16.9 mln., kollejlarda 610 ming, unitarda 76 ming kishi o'qidi. O'qituvchilar soni barcha turdagi maktablarda-salkam 550 ming, kollejlarda-56 ming, universitetlarda 6 ming maktab o'qituvchilari maxsus maktablar, institut va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951) tibbiyot fanlari universiteti (1983). Lohurdagi muhandislik texnalogiya universiteti (1961). Islomoboddagi Qand-e. A'zam universiteti (1965). Xalqaro islom universiteti (1980) Lohurdagi Panjob universiteti (1982) fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika 37 qo'mitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shug'ullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiya komissiyasi, Atmosferaning yuqori tamoyillari va kosmik fazoni tadqiq etish qo'mitasi, geofizik i.t. in-ti, paxtachilik i.t in-ti va boshqalar. Bundan tashqari tibbiyot iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini o'rganuvchi ixtisoslashgan ilmiy institut va jamiyatlar mavjud. Yirik kutubxonalari: Qand-A'zam universiteti kutubxonasi, Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibyat kutubxonasi, Pokiston ilmiy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston ilmiy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalasi muzeyi, Milliy muzey.
Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o’rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi quyidagicha: ta’lim tizimi bu mamlakatda ikki asosiy qismga bo’linadi. Ulardan birinchi qismi maktab ta’limi bo’lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta va oliy ta’lim kiradi. Uning tarkibi quyidagicha: 39 1. Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga etmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir. Maktabgacha ta’lim-tarbiya’ning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va ahlokiy rivojlanishini ta’minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta’minlangan o’quvchilarga sharoit yaratish, turk tilida to’g’ri va chiroyli gapirishni o’rgatishdan iboratdir. 1992 yilda Turkiyada 131023 bolani qamrab olgan 7763 bog’cha ishladi. Bu maktabgacha tarbiya ishidagi umumiy bolalar sonining 5 foizini tashkil etadi. 2. Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi; a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bo’lib kamol topish, bilimli bo’lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o’rgatish; 6) har bir turk farzandiga qiziqishi, qobiliyati va iste’dodlariga ko’ra ta’lim berish, ularni hayotga, o’qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat. Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so’ng ikki qismga: 5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o’rta maktablar bosqichiga bo’linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o’quvchilarga attestat beriladi. Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohidaalohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin. Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo’lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o’quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi. 3. O’rta ta’lim boshlang’ich ta’limga taya’nib, kamida uch yillik ta’lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta’lim muassasalarini o’z ichiga oladi. Uning asosiy maqsadi barcha o’quvchilarga umumiy o’rta ta’lim va shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini o’rgatish, ularni oliy ta’lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir. Bu maqsadlar o’rta umumiy ta’lim, turli dasturlarda kasb-kor o’rgatuvchi texnik-qurilish qishloq xo’jaligi yo’nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi. O’quvning har bir bosqichi bo’yicha alohida-alohida dasturlar mavjud. By dasturlar quyidagilardir: — ta’limning oliy bosqichiga tayyorlash dasturi; — kasbga va oliy ta’limga tayyorlash dasturi; — hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va xokazolar. Litseylar o’z turlariga va jumhuriyat ehtiyojiga ko’ra quyidagicha ixtisoslashtirilgan: — umumiy litseylar — o’quvchilarni oliy ta’limga tayyorlaydi, 3 yil; — fan litseylari — alohida fanlardan iqtidorli va ijodkor o’quvchilar bilimini va qobiliyatini takomillashtiradi, 5 yil; — kichik litseylar — kunduzgi litseylarda o’qish imkoniyati bo’lmaganlar uchun, o’qish 4 yil; — kasb-hunar litseylari —o’quvchilarga o’z qiziqishlari 6o’yicha turli kasbhunar o’rgatadi, o’qish muddati 3 yil; 40 — nafis san’at litseyi — ona tili va adabiyoti, rasm, musiqa kabi bo’limlarga ega; — o’qituvchilar litseylari — boshlang’ich ta’lim bo’yicha o’qituvchilar tayyorlaydi. O’qish muddati 1 yil tayyorlov kursini hisobga olganda 4 yil; — tijorat va turizm ta’limi litseylari — maishiy xizmat ko’rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalariga va boshqa sohalarga mutaxassislar tayyorlab beradi; — diniy ta’lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o’tuvchi o’qituvchilar tayyorlaydi; — maxsus ta’lim maktablari — ular korrekstion maktablar bo’lib, jismoniyaqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo’ljallagan; — texnik litseylar — o’quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda industrial kasb-hunar ta’limini beradi. Bundan tashqari Turkiyada qizlar kasb litseyi, qizlar texnik litseyi, qizlar san’at o’rta maktablari, qizlar, o’g’il bolalar xususiy maktablari mavjud. 4. Oliy ta’lim — mamlakatda oliy malakali turli kasb mutaxassisliklarini, ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga qodir kishilarni etishtirib beradi. Turkiyada bunday mutaxassisliklar bo’yicha hozir 235' universitetlar va oliy tsxnologik institutlar ishlab turibdi. Bu universitetlardan 2 tasi diniy mahkamalar tasarrufidadir. Mamlakatdan tashqarida yashovchi turk millatiga mansub kishilarning (ular 2,5 mln. dan ortiq) ta’lim-tarbiyasiga ham katta ahamiyat beriladi. Hozir shunday toifadagi kishilarni o’qitish uchun Turkiya hukumati tomonidan 1,236ta o’qituvchi ajratilgan. Ularning barchasiga davlat tomonidan haq to’lanadi. Turkiya hukumati «Milliy maorifining asosiy Qonuni»da maktab ta’limi bilan bir qatorda maktabdan tashqari ta’limga ham katta e’tibor berilgan.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin