FRANSIYADA TA’LIMNING AMALGA OSHIRILISHI Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgarishlar kiritildi. Fransiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan “Ta’lim haqida”gi Qonun 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlaridagi integrastiyalar va boshqalar sabab bo’ldi. Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oralis maktablariga bo’linadi. O’qitiladigan predmetlar ichida frantsuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo’nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o’rtacha xaftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o’rtacha soni 35-40 ta, o’quv yili 5 chorakka bo’linadi. Boshlang’ich sinflardagi o’qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo’linadi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. TA’LIM TIZIMLARI Fransiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni “Onalar maktabi” deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda 49 olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi, 1980 yillarning oxiridagi ma’lumotlariga ko’ra, onalar maktablarida 65 ming, boshlang’ich maktablar bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shaxobchalarida 9100 sinf mavjud. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: -kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha; -o’rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha; -katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha. 5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. BOSHHLANG’ICH TA’LIM Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Fransiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub