1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə9/18
tarix11.06.2023
ölçüsü55,73 Kb.
#128517
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari. Germaniyada mavjud bo’lgan asosiy qonun har bir fuqaroga o’z shaxsini erkin kamol toptirish, qobiliyatlari va qiziqishiga qarab maktab, o’quv yurti va kasb tanlash xuquqini beradi. Ta’lim sohasidagi siyosatning makqsadi shundan iboratki, u har bir insonni optimal darajada qo’llab-quvvatlash, uning manfaatlariga javob beradigan malakaviy tayyorgarlikdan o’tish imkoniyatini yaratadi. Har bir fuqaro hayoti davomida umumiy, kasbiy va siyosiy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Ta’lim sohasidagi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biri yosh avlodni demokratik mamlakatda mas’uliyat hissiga ega mustaqil fuqarolar etib tarbiyalashdir. Germaniya sanoatlashtirilgan, xom ashyo jihatdan zaif mamlakat sifatida yaxshi tayyorlangan mutaxassislarsiz rivojlana olmaydi. Buning uchun Germaniya ta’lim sohasiga katta mablag’lar ajratadi. Masalan, 1995 yilda mamlakat miqiyosida o’quvchi yoshlar va talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash choratadbirlari hisobga olingan holda maktab va oliy o’quv yurtlari uchun 158,2 mlrd marka miqdorida mablag’ ajratildi. Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab ta’limi tizimi davlat nazorati ostidadir. Federativ qurilishga muvofiq ta’lim sohasidagi vakolatlar federastiya va yerlar o’rtasida bo’linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida ham o’zlarining ta’lim to’g’risidagi qonunlari mavjud. Ta’lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, erlarning vakolatiga kiradi. Bu, avvalombor, o’rta va oliy ta’lim tizimi, kattalarni o’qitish tizimi va ta’lim darajasini oshirish tizimiga tegishlidir. «Maktab ta’limi tizimini muvofiqlashtirish» to’g’risidagi yerlararo bitim (1971 y. 14 sentyabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy va qiyosiy tuzilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik organlari tomonidan maktabda ta’lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, imtihon natijalarini e’tirof etishga tegishli bo’lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. Bundan tashqari qo’shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar madaniyat va ta’lim vazirlarining Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta’lim va kasb-hunar maktablarini tamomlaganlik hakidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham umumiy asoslarni yaratadi. Majburiy maktab ta’limi Majburiy maktab ta’limi 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga yo’naltirilgan bo’lib, u 12 yilga mo’ljallangan. Majburiy maktab ta’limi to’g’risidagi nizomni bajarish uchun 9 yil mobaynida (ba’zi yerlarda 10 yil mobaynida) maktabga to’liq o’quv haftasi davomida borish, shundan so’ng majburiy kasb-hunar maktabiga to’liq bo’lmagan o’quv haftasi davomida qatnashish lozim (agar o’smir umumta’lim maktabining yuqori bosqichiga yoki kasb-hunar maktabiga to’liq o’quv haftasi davomida qatnashayotgan bo’lsa). Davlat maktablarining barchasida o’qish bepuldir. O’quv qo’llanmalar ham, asosan darsliklar, qisman bepul beriladi. Ba’zida o’quv qo’llanmalar va darsliklar vaqtincha foydalanish uchun berib turiladi. Ba’zida o’quv qo’llanmasi narxining bir qismi ota-onaning daromadiga bog’liq holda to’lanadi. Diniy ta’lim asosiy qonunga muvofiq — oddiy fan sifatida o’qitiladi, lekin nokonfessional maktablar bundan mustasnodir. Asosiy qonunga muvofiq ushbu fanni o’qitish yoki o’qitmaslik to’g’risidagi qarorni ota-ona qabul qiladi. 12 yoshdan boshlab bolalarning diniy tarbiyasi haqidagi qonunga binoan ota-onaning qarori farzandning roziligi bilan tasdiqlanishi lozim. 14 yoshdan o’quvchi ushbu fanni o’qish yoki o’qimaslik haqida o’zi qaror qiladi, agar bunda yerlar huquqi boshqa bir muvofiqlashtiruvchi vositani ko’zda tutmagan bo’lsa. Bolalar bog’chasi. Bolalar bog’chasi — olmonlar boshlab bergan va ko’pgina xorijiy mamlakatlar tomonidan o’rganib, qabul qilingan muassasadir. U davlat ta’lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo’llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. Bolalar bog’chasi ta’sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar, ba’zida — korxonalar va ittifoqlardir. Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o’qishdir. Bolalar bog’chalari oiladagi tarbiya’ni qo’llab-quvvatlashga, shuningdek boshqa keyingi hayoti va ta’lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning rivojlanishidagi kamchiliklarning o’rnini to’ldirishga qaratilgan. Odatda, bolalar bog’chasida bolalar tushlikka qadar bo’ladilar. Faqat ba’zi birlarida ular kun bo’yi bo’lishlari mumkin. 1996 yildan boshlab bolalar bog’chasiga qatnash uchun huquqiy me’yorlar ishlab chiqildi. Bolalar bog’chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog’chasiga qatnash uchun ota-onalardan ularning daromadiga qarab ma’lum miqdorda to’lov olinadi. Maktab ta’limi tizimi. Boshlang’ich maktabga bolalar 6 yoshdan keladilar. Odatda ular boshlang’ich maktabda 4 yil (Berlin va Branderburgda — 6 yil) ta’lim oladilar. Ko’pchilik yerlarda bolalarga o’qishning boshlang’ich ikki yili mobaynida baho qo’yilmaydi, buning o’rniga ularning o’zlashtirishiga batafsil tavsifnoma beriladi. Boshlang’ich maktabda o’qiganlaridan so’ng bolalar umumta’lim maktabining 2-pog’onasiga boradilar. 5- va 6-sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat’iy nazar, avvalombor, bu bola kamol topadigan davr bo’lib xizmat qiladi, bolaning ustidan uning keyingi o’qish shakliga yo’naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi Bolalar bog’chasi. Bolalar bog’chasi — olmonlar boshlab bergan va ko’pgina xorijiy mamlakatlar tomonidan o’rganib, qabul qilingan muassasadir. U davlat ta’lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo’llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. Bolalar bog’chasi ta’sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar, ba’zida — korxonalar va ittifoqlardir. Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o’qishdir. Bolalar bog’chalari oiladagi tarbiya’ni qo’llab-quvvatlashga, shuningdek boshqa keyingi hayoti va ta’lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning rivojlanishidagi kamchiliklarning o’rnini to’ldirishga qaratilgan. Odatda, bolalar bog’chasida bolalar tushlikka qadar bo’ladilar. Faqat ba’zi birlarida ular kun bo’yi bo’lishlari mumkin. 1996 yildan boshlab bolalar bog’chasiga qatnash uchun huquqiy me’yorlar ishlab chiqildi. Bolalar bog’chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog’chasiga qatnash uchun ota-onalardan ularning daromadiga qarab ma’lum miqdorda to’lov olinadi. Maktab ta’limi tizimi. Boshlang’ich maktabga bolalar 6 yoshdan keladilar. Odatda ular boshlang’ich maktabda 4 yil (Berlin va Branderburgda — 6 yil) ta’lim oladilar. Ko’pchilik yerlarda bolalarga o’qishning boshlang’ich ikki yili mobaynida baho qo’yilmaydi, buning o’rniga ularning o’zlashtirishiga batafsil tavsifnoma beriladi. Boshlang’ich maktabda o’qiganlaridan so’ng bolalar umumta’lim maktabining 2-pog’onasiga boradilar. 5- va 6-sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat’iy nazar, avvalombor, bu bola kamol topadigan davr bo’lib xizmat qiladi, bolaning ustidan uning keyingi o’qish shakliga yo’naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi. O’rta maktabning yana bir turi birlashgan maktabdir. Bu maktablarda bolalar 5-dan 10-sinfga qadar ta’lim oladilar. Birlashgan maktablarning ba’zilarida gimnaziyalarning yuqori sinflari qoidasi bo’yicha o’qish tashkil etilgan sinflar ham mavjud. Pedagogik va tashkiliy jihatdan birlashgan maktab o’z ichiga asosiy maktab, real maktab va gimnaziya’ning elementlarini jamlagan yagona tashkiliy-pedagogik birlikni tashkil etadi. Birlashgan maktabda alohida fanlarni (matematika, birinchi chet tili, olmon tili, kimyo, fizika) o’qitish, 7-sinfdan boshlab, kurs tizimi bo’yicha (kamida, talablarning 2ta darajasida) olib boriladi. Har bir kursga qo’yiladigan 45 talablarning darajasi o’quvchining birlashgan maktabni tamomlagandan keyin qaysi turdagi guvohnomani olish istagi borligiga bog’liqdir: asosiy maktabni tamomlaganlik haqida yoki gimnaziya’ning katta sinflarida o’qish huquqini beradigan guvohnoma. Kasb-hunar maktabida ta’lim olish 18 yoshga to’lmagan va boshqa maktablarda o’qimayotgan barcha yoshlar uchun majburiydir. Yil davomida tayyorlov kursida o’quvchilar maxsus nazariy bilimlar egallaydilar, bu esa, o’z navbatida, bo’lajak mutaxassislik yo’nalishini tanlashda yordam beradi. Kasbiy ta’lim olishning boshqa imkoniyatlari. Korxonada ta’lim olish va kasb-hunar maktablarida o’qishdan tashqari mutaxassislik egallashning boshqa imkoniyatlari ham mavjud. Masalan, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar bilim yurtlarida o’qish 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. U korxonada kasbiy tayyorgarlik deb hisoblanishi yoki uni to’liq ravishda o’rnini bosishi mumkin. Real maktab bitiruvchilari texnikumlarga qabul qilinadi va 2 yildan keyin ular ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini beruvchi o’qishni tamomlaganlik haqida guvohnoma olishadi. Tugallangan kasbiy ma’lumotta ega o’quvchilarga bunday huquq 1 yil o’qiganlaridan so’ng beriladi. Nazariyadan tashqari, o’qitish stikliga o’quv ustaxonalarida ishlash va amaliyot kiradi. Har yili mehnat masalasi bo’yicha federal boshqarma jismoniy zaiflik bilan og’rigan yoshlarning individual kasbiy ma’lumot olishlari uchun 4,3 mln marka ajratadi. Jumladan, korxonalarning majburiyatlariga ishchi joylarning 6 foizidan kam bo’lmagan qismi nogironlarga taqdim etish majburiyati yuklatilgan. Ushbu nizomni bajarmaganlik uchun jarima solinadi. Korxonada ta’lim olish. Korxonada amaliy ta’lim olish, «shogirdlik», mutaxassislikka qarab 2 yildan 3,5 yilgacha, o’rtacha 3 yil davom etadi. Davlat tomonidan e’tirof etilgan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorgarlik ruxsat etilgan xolos. Etuklik shahodatnomasiga ega bo’lgan fuqaroning o’qish muddati yarim yilga qisqartirilishi mumkin. O’zlashtirish yuqori darajada bo’lsa, o’qish muddatini yana yarim yilga qisqartirish mumkin. Shogirdlarning maoshi yildan-yilga ortib boradi. O’quv dasturlari tadbirkorlar uyushmasi va kasaba uyushmalari tomonidan belgilanib, tegishli federal vazirliklar nizomlarida e’tirof etiladi.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin