Quymani o’lchovlarining aniqligi. Birinchi o’ziga xos xususiyati quyma detalni loyihalashda va ishlab chiqishda o’lchovlarining nuqsonlari ishlatish sharoitlari bilan beriladi.
Ikkinchi o’ziga xos xususiyati bu o’lchovlarining aniqligi nuqsonlari bir xil bo’lgan ahamiyatda eng katta bo’lgan gabarit o’lchovlarga bog’liqdir.
Uchinchi o’ziga xos xususiyat o’lchovlarni aniqligini shakllanishi quymani katta diapazonda o’lchovlarining farqlanishidir.
To’rtinchi o’ziga xos xususiyati bu o’lchovlarni shakllanishda nominal o’lchovlarga bog’liq bo’lmagan faktorlarga bog’liqligi [6].
Quymaning aniqligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili. Uning sabablari ko’p:
Birinchisi bu moslama va o’zak yashiklarini ishlab chiqishda hosil bo’ladigan omillar.
Ikkinchisi yarim qolip va o’zakni tayyorlashda hosil bo’ladigan omillar.
Uchinchisi qolipni va o’zaklarni yig’ishda hosil bo’ladigan nuqsonlar.
To’rtinchisi qolip bilan quymani o’zaro ta’siri.
Beshinchisi quymani qolipdan urib chiqarishda hosil bo’ladigan nuqsonlar va keyingisi quymani tayyorlab olish finish jarayonlari va termik ishlov berishda hosil bo’ladigan nuqsonlar.
Qolipni va elementlar joylashining aniqligi.Qolipning og’ishi deb uning real yuzasini nominal yuzasidan og’ishi deb tushuniladi. Nominal yuzasi deganda ideal yuzasi hisobga olinadi. Qolipning og’ishiga uni to’g’ri chiziqdan og’ishi hisoblanadi.
Quymalarni g’adir – budurligi, yuzasining notekisligi. Notekisligi tasnifi Ba va Bz ahamiyati 1 dan to 1000 mkm gacha va uni metodik nazorati bazali uzunlikda ГОСТ 2789-73ga qarab aniqlanadi. Quymaning yuzasining notekisligi mexanik ishlov berishda hosil bo’ladigan notekislikdan farqlanadi. Quymaning yuzasi notekisligi ko’p faktorlarga bog’liq: qotishmaning tarkibiga, quyish darajasiga, quymaning sovishi vaqtiga, devorining qalinligiga, o’tga chidamli qoplamalarning sifatiga.
Quymaning yuzasi notekisligi. Quyma yuzasining notekisligi sepilgan kraska qoplamining qalinligi bir xil emasligi, moslama va o’zak yashigining bir xilmas yoyilishiga, quymaning turli uchastkalari kuchlanishi va issiqlik qolipi turli joylarida ta’siri kiradi.