220-savol:Qariyalarda ijodiy tafakkurning pasayishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuv jarayonlarini tahlil qilib bergan olim? Javob: D.Bromley
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 304 bet
221-savol: So‘z assotsiyasiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining xususiyatlarini tekshirgan olim? Javob: B.A. Grekov
Manba:Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 304 bet
222-savol: Qaysi yoshdagi bola idrokning o‘tkirligi, ishonuvchanligi, xotiraning kuchliligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi? Javob:Kichik maktab yoshi
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 136 bet
223-savol: Kichik maktab yoshi necha yoshlarni o‘z ichiga oladi. Javob: 6-10(11) yoshgacha
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 136 bet
224-savol: Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi qanday sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Javob: Statik sezgilarda.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 292-bet
225-savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotiraning qaysi turi yaxshi rivojlangan bo‘ladi? Javob: obrazli xotira
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 137 bet
226-savol: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatning qaysi turi nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi? Javob: Uzoq muddatli barkaror
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 137 bet
227-savol: Qaysi yoshda aynan analiz va sintez qilish hamda taqqoslashni mashq qilish natijasida narsa va hodisalarning muhim belgilarini tasodif belgilardan ajratishni o‘rganadi? Javob: Kichik maktab yosh davri
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 155 bet