228-savol: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishida nutqning o‘sish bilan bog‘liq muammolarni o‘rgangan olim? Javob: L.S Vigotskiy
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 145 bet
229-savol: O‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ tuyg‘usining mavjudligi bilan qaysi yosh xususiyatiga bog‘liq? Javob: kichik maktab yosh davri
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 144 bet
230-savol: Qaysi olim kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurini o‘stirish maqsadida o‘zining ta’lim tizimini ishlab chiqdi? Javob: L.Z. Zankov
Manba:Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 146 bet
231-savol: Nechi yoshdagi bolalarda nutq boyligi 2500 taga yaqin so‘zdan iborat bo‘ladi? Javob:6 yosh
Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 171 bet
232-savol: O‘quv faoliyati deb nimaga aytiladi? Javob:Inson yangi bilim ,ko‘nikma malakalar egallaydigan yoki mavjudlarini o‘zgartiradigan, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradigan, takomillashtiradigan jarayon. Manba: Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya ”T. 2018y 472 bet
233-savol: Ta’lim-bu? Javob: O‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim ko‘nikma malakalarni uzatish jarayonidir.
Manba: Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet
234-savol: O‘qish-bu? Javob: Bunda bilim ko‘nikma ,malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarga tutiladi.
Manba: Z. Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet
235-savol: O‘rganish -bu? Javob: Insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirishdir.
Manba: Z. Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet