Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 171 bet
282-savol: O‘quv faoliyati deb nimaga aytiladi? Javob: Inson yangi bilim, ko‘nikma malakalar egallaydigan yoki mavjudlarini o‘zgartiradigan, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradigan, takomillashtiradigan jarayon.
Manba:Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya ”T. 2018y 472 bet
283-savol:Ta’lim-bu? Javob:O‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bo‘li, bilim ko‘nikma malakalarni uzatish jarayonidir.
Manba: Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet
284-savol:O‘qish-bu? Javob: Bunda bilim ko‘nikma, malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarga tutiladi.
Manba: Z. Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet
285-savol:O‘rganish -bu? Javob:Insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirishdir.
Manba: Z. Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 472 bet
286-savol:O‘rganish va ta’lim o‘rtasidagi ikki muhim farq nimada bog‘liq? Javob:Ta’limda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayonlar kuzatilsada o‘rganishda stixiyali bo‘lib unda maxsus o‘quv faoliyati kuzatiladi.
Manba: Z.Nishonava “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 474 bet
288-savol:O‘rganish jarayonida kuzatiladigan asosiy mexanizmlarga kiradi.
Javob:Assosiyalarning shakllanishi,taqlid qilish,farqlash va umumlashtirish,insayt, ijod
Manba: Z.Nishonava “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 475 bet
289-savol:Assosiyalarning shakllanishi o‘rganish jarayonida qanday ahamiyatga ega. Javob:Bu mexanizm alohida bilimlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanishlarni o‘rnatish asosida yotadi.
Manba: Z.Nishonava “Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogika psixologiya” T. 2018y 475-476 bet