Manba: Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” 2010 yil 145 bet
261-savol: Agglyutinatsiya nima? Javob: "Yelimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog‘iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 222-bet
262-savol: Psixolog N. V. Kuzminaning fikricha, oʼqituvchilarning dars davomida berilayotgan bilimini qanchalik oʼzlashtira olishini tekshirishda, asosiy va yetakchi rolni qasi bilish jarayoni o‘ynadi? Javob: Diqqat.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 494-bet
263-savol: B. G. Аnanьev “Oʼquvchilarda diqqatni tarbiyalash” nomli asarida diqqatni hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak, deydi. Buning uchun mana qanday holatlarga eʼtibor qilishni koʼrsatib oʼtadi? Javob: darsni toʼgʼri tashkil qilish, taʼlimning puxtaligi, oʼqituvchining pedagogik mahorati, oʼquvchilarning darsdagi faoliyatini toʼgʼri tashkil qila bilish kabilarni taʼkidlaydi.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 491-bet
264-savol: N. N. Lange diqqat muammosini oʼrganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha boʼlgan rivojlanish bosqichini nechta turkumga ajratgan holda tahlil qiladi? Javob: sakkiz turkumga.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 486-bet
265-savol: Taniqli psixolog D. N. Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bogʼlash nazariyasiga qaysi olim qarshi chiqgan? Javob: N.F.Dobrinin qarshi chiqdi.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 482-bet
266-savol: Sensor ustanovka – Javob: tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 481-bet
267-savol: Motor ustanovka – Javob:tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati.