Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 482-bet
268-savol: А. А. Uxtomskiyning taʼrifiga binoan, dominanta- Javob: bu bir davrning oʼzida ana shu markazda yuz beradigan reaktsiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qoʼzgʼalish oʼchogʼidir.
Manba:Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 474-bet
269-savol: Diqqat depressiyasi bu- Javob: (lat. depresio –pasayish)-turli tashqi va ichki omillarga koʼra diqqatning obyektda toʼplanish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2006 yil 472-bet
270-savol:O‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ tuyg‘usining mavjudligi qaysi yosh davri xususiyatlariga bog‘liq? Javob:kichik maktab yosh davri
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2010 yil 144 bet
271-savol: Koʼruv diqqati-bu Javob: narsa va hodisalarni koʼruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon boʼladigan diqqat turi.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2010 yil 471 bet
272-savol: Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga kim tomonidan kiritilgan? Javob: А. А. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2010 yil 469 bet
273-savol: Xayol jarayonlarining, shu jumladan fantaziya obrazlarining vujudga kelishi inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlarining qaysi qismi orqali amalga oshadi? Javob: poʼstloq qismining funktsiyasi orqali amalga oshadi.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2010 yil 460 bet
274-savol: Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda qanday sintezlar roʼyobga chiqishi mumkin? Javob: tasavvurlar sintezi roʼyobga chiqishi mumkin.
Manba: Ergash G‘oziyev “Umumiy psixologiyasi” 2010 yil 460 bet