1. Sezgi haqida tushuncha


Sezgilar tasnifi va turlari



Yüklə 16,23 Kb.
səhifə2/3
tarix09.04.2023
ölçüsü16,23 Kb.
#95165
1   2   3
1. Sezgi haqida tushuncha

3. Sezgilar tasnifi va turlari.
Tasniflash xilma xil boladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi azolari yordami bilan hosil qilsak, ularni osha azolarga qarab quyidagi turlarga, yani korish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi azolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi.Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
4. Sezgi turlari.
Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug‟likni sezish ko‟rish sezgilari
tarkibiga kirib, uning organi - ko‟z hisoblanib, u ko‟z soqqasi va undan chiqib keladigan ko‟ruv nervlaridan tashkil topgan. Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko‟rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo‟lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko‟zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko‟z murakkab tuzilgan sezgi a‟zosi bo‟lib, u ko‟z kosasida joylashgan va maxsus ko‟z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko‟zimizga ko‟rinadigan har bir narsaning o‟ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo‟q, shuning uchun ham ular ko‟zga ko‟rinmaydi. Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o‟zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog‟liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolam iz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‟ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog‟imiz o‟rganmagan. Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to‟rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho‟r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‟lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog‟langan bo‟lib, bir-biriga ta‟sir ko‟rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo‟qday ko‟rinadi. Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo‟lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir. Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g‟adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo‟ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo‟lsa - sovuqni, balandroq bo‟lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a‟zolarimizda bironta o‟zgarishga bog‟liq bo‟lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.

Yüklə 16,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin