biopreparatlar tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilganlig, ammo
entomopatogen bakteriyasining antifungal xususiyatlarini tahlil etishni maqsad
II-BOB. FOYDALANILGAN MANBA VA USLUBLAR
2.1. Bacillus thuringiensis bakteriyasini o‘rganish uslublari: Bacillus
thuringiensis entomopatogen bakteriyasini ajratish: xasharotlarni sterilizatsiyalash
uchun Alves (1986) usuliga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritilgan holda foydalanildi.
Ushbu modifikatsiya lichinkalari juda kichik bo‘lgan, ustki qismini tozalashning
imkoni yo‘q bo‘lgan lichinkalar uchun qo‘llanildi. Keyingi ishlar uch bosqichda
amalga oshirildi: dastlab, 70% li spirtda 2 sekund, natriy gipoxloratning 5% li
eritmasida 3 minut, natriy tiosulfatning 10% li eritmasida 5 minut davomida ushlab
turildi. So‘ngra namunalar 3 marotobadan distillangan suvda yuvib olindi.
B.thuringiensis namunalarini ajratish uchun ikki xil usuldan foydalanildi. Har
ikkalasida ham lichinkalar aseptik sharoitda steril havonchalarga solib olindi.
So‘ngra ularga 10 ml dan distillangan suv solib suyultirildi. Birinchi usulda
suspenziya trubasimon probirkaga solib olindi va 65
0
C haroratda 12 minutgacha
ushlab turildi so‘ngra 1
×10
-2
dan 1
×10
-4
gacha suyultirilib agarli qattiq ozuqa
muhitiga ekildi. Kulturalar 24 soat davomida 28-32
0
C haroartda o‘stirib olindi.
Ikkinchi usulda ham ajratish Travers va boshqalar tomonidan (1987) tavsiya
etilgan usuldan foydalanildi, bunda ham yuqorida ta’kidlanganidek qizdirib olish
amalga oshirildi. Ushbu usullarning bir biridan farqi, ikkinchisida B. sphaericus va
B. thuringiensis entomopatogen bakteriyalarining faqatgina sporalarini tanlash
imkonini beradi. Ushbu ajratishda ozuqaga qo‘shiladigan 0.25M dan 0.5M gacha
bo‘lgan natriy atsetat entomopatogen bakteriyalar sporalarining o‘sishini
to‘xtatadi. Birinchi usulda esa materiallar miqdori ko‘p bo‘lmagan hollarda
qo‘llanilishi mumkin.
Namunalarni identifikatsiyasi. Bakteriya kulturalari agarli ozuqa muhitida
o‘stirilib, NaCl ning 0,7% eritmasida yuvib olindi va mikroskop ostida
B.thuringiensis entomopatogen bakteriyasiga xos bo‘lgan kristall toksin hosil
qilishi o‘rganildi. Biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari esa Bergi
ko‘rsatmalariga asosan aniqlandi (bakteriyalarni aniqlagich, 1986), shuningdek,
Frachon (1990) va Thiery., Frachon (1997) larning ko‘rsatmalaridan namunalarni
B.thuringiensis bakteriyasi bo‘yicha ichki klassifikatsiyalashda foydalanildi.
B.
19
sphaericus shtammlari ham yuqorida
B.thuringiensis shtammlari uchun keltirilgan
uslublardan foydalanilib aniqlandi. Kulturalarning biokimyoviy xususiyatlari
Bacillus thuringiensis bakteriyasi turlarini idintifikatsiya qilish sxemasiga muvofiq
o‘rganildi (de BarjakH., Bonnefoi A. 1962).
Dostları ilə paylaş: