2.2. Ozuqa muhiti: Kulturalarni o‘stirish va saqlashda asosan peptonli
standart ozuqa muhiti [(%) Pepton-1,0; NaCl-0,05; K
2
HPO
4
-0,05; MgSO
4
- 0,02;
pH 7,0] dan foydalanildi. Tekshirishlarni asosan MBI-3 yorug‘lik mikroskopida
olib bordik (LOMO, Rossiya). Kulturalarni bo‘yashda fuksin bo‘yog‘idan
foydalanildi. Bakterial kulturalar suyuq ozuqa muhitiga ekib, 28-30
0
S haroratda,
36-48 saot davomida mikrobiologik chayqatgich yordamida minutiga 180-200
aylanma harakatda o‘stirildi.
2.3. Hashoratlar va mikroorganizmlarni mikroskopda tadqiq etish.
Nobud bo‘lgan hashorat yoki uning ma’lum bir qismi (o‘lchamga bog‘liq holda)
predmet oynasiga qo‘yilib, yorug‘likda kichik o‘lchamli okulyarda o‘rganildi.
Organlar farqini esa bir yoki bir necha tomchi suvda juda yaxshi kuzatish mumkin.
Bunda bakteriologik ilmoq yoki uchli igna yordamida bir tomchi suv olinib
predmet oynachasiga tomiziladi va mikroskopik tahlil o‘tkaziladi. Hashoratning
zararlangan organi yoki to‘qimasini ba’zan A.A.Evlaxova va O.I.SHevsovalar
(1965) taklif etgan usul bo‘yicha amalga oshiriladi va dizenfeksiyalovchi modda
sifatida yodning suvli eritmasi (0,1%, 5 min), lizol (3%, 3 min), formalin (5%, 15
min) va korbal kislotalardan (2%, 2-3 min) foydalanildi va so‘ngra hashorat efir
yoki peroksidiga botirib olindi. Hashorot tuxumi ustki qismi sterillangandan so‘ng
qobiq qismi olib tashlanib, bir tomchi suvda mikroskop ostida tekshirildi.
Surtma tayyorlash va bo‘yash. Hashoratlardan mozok tayorlash va
fiksatsiyalash umum qabul qilingan usulda amalga oshirildi. Fiksatsiyalangan
surtmaga korbolli-fuksin tomizilib, 0,5-1 minut davomida bo‘yaldi. Preparat toza
distillangan va steril suvda yuvib quritildi va immersion yog‘ ostida kuzatildi.
Kristall ajralmalar qizil rangda bo‘yaldi, sporalar esa bo‘yalmasdan kuzatildi.
Dostları ilə paylaş: |