Serotip 13 (N
13
). Bacillus thuringiensis. var. pakistani. Atsetilmetilkorbinol
letsitinaza yoki S fosfolipaza hosil qilmaydi. Salitsin va saxarozadan kislota hosil
qiladi. Kraxmal va sellobiozani gidrolizlaydi. Ureaza va yuqori haroratga chidamli
ekzotoksin hosil qilmaydi.
Serotip 14(N
14
). Bacillus thuringiensis.var.israelensis. Atsetilmetilkorbinol
hosil qiladi. Mannozani achitadi. Kraxmalni gidrlizlaydi. Ureaza va yuqori
haroratga chidamli toksin hosil qilmaydi. Och pushti rangda pigment hosil qiladi.
1.3. BACILLUS THURINGIENSIS BAKTERIYASINI O‘RGANISH BO‘YICHA
ZAMONAVIY TASAVVURLAR
15
Keyingi vaqtlarda Bacillus thuringiensis bakteriyasi har xil shtammlari
fitopatogen bakteriyalar va zamburug‘larga turli xil ta’sir etishi bilan katta qiziqish
uyg‘otmoqda va o‘simliklarni himoya qilishda eng samarali vosita sifatida
qo‘llanilmoqda [Morrone et al., 1999; Kandibin, Smirnov, 1999; Smirnov, 2000;
Klimentova, 2001].
Ko‘pgina mualliflarning ta’kidlashicha Bacillus thuringiensis bakteriyasi
δ-
endotoksinlarining antimikrobli faolligining juda yuqoriligi aniqlangan [Egorov va
boshq., 1990; YUdina, Egerov, 1996; YUdina, Burseva, 1997; Klimentova, 2001;
Tyulpineva, 2003].
Bacillus thuringiensis bakteriyasi va uning delta-endotoksinlari inson organizmi
va qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen bakteriyalar va
zamburug‘larga ta’sir darajasi bo‘yicha katta qiziqish uyg‘otmoqda [Kamenek va
boshq., 2008].
Bacillus thuringiensis bakteriyasi delta-endotoksinlarining antibiotik ta’siri
fitopatogen zamburug‘lardan Rhizoctonia, Phytophtora, Fuzarium, Bipolaris va
Alternaria avlodlari ustida bir qator tadqiqotchilar tomonidan kuzatishlar olib borildi.
Ularning xulosa qilishicha delta-endotoksinlar fitopatogen zamburug‘larning kultural
belgilarning o‘zgarishiga, o‘sish chizig‘ini to‘xtatib qo‘yishi, koloniyalarning havo
qismini o‘sishini bartaraf qilish va boshqa foydali jihatlari bilan faolligi ma’lum bo‘ldi.
Mualliflarning ta’kidlashicha hozirgi vaqtda fitopatogen mikroorganizmlar bilan
kurashishning ekologik xavfsiz usullari etarli darajada emas. BT delta-endotoksinlari
fitopatogen mikroorganizmlarni bartaraf qilishning biologik omili sifatida eng
istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi [ Kamenek, 2000].
Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi oqsilli kristallar hosil qilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan noyob mikroorganizmlar guruhi hisoblanadi. Ushbu
bakteriyaning bir qancha kenja turlari va ularning delta-endotoksinlariga nisbatan har
xil turdagi fitopatogen bakteriya va zamburug‘larning sezuvchanligi ustida ilmiy-
tadqiqotlar olib bordik (Kamenek va uning xodimlari). Tadqiqotlar natijasida
aniqlandiki Bac. thuringiensis bakteriyasining har xil kenja turlari fitopatogen
bakteriyalarning Erwinia va Xanthomonas turlariga nisbatan antimikrobli ta’sir
16
ko‘rsatdi. Bunda Bac. thuringiensis var. kurstaki kenja turi bakteriyalarga nisbatan eng
yuqori faollik ko‘rsatib, fitopatogen bakteriyalar kulturasining koloniyalarini bartaraf
qildi (ugnetenie). Bakteriotsid ta’siri sinov o‘tkazilayotgan mikroorganizm turi va
delta-endotoksinlar miqdoriga bog‘liq bo‘ldi [Kamenek va boshq., 2008].
Delta-endotoksinlarning
asosiy
farq
qiluvchi
xususiyati
fitopatogen
zamburug‘larning o‘sish chizig‘ini ma’lum darajada to‘xtatib qo‘yishi hisoblanadi.
Olingan natijalar delta-endotoksinlarning fungitsidlik ta’sirini aniq ko‘rsatdi. Bundan
tashqari o‘sish chizig‘ining buzilishi bilan birga kultural belgilarining o‘zgarishi, ya’ni
koloniyalarda qavariq shaklning vujudga kelishi, jiyaklarining substratga yaxshi
birikmasligi va ko‘pchilik zamburug‘larda spora hosil bo‘lishining pasayishi yoki
uning umuman yo‘qligi kuzatildi. [Kamenek L.K., Tyulpineva A.A., Klimentova E.G.,
Morozova E.P., 2008].
Hozirgi vaqtda Bacillus thuringiensis bakteriyasi oqsilli kristallarinig hashorat
bo‘lmagan boshqa zararli organizmlarga nisbatan faol bo‘lgan turlari (Cry toksinlardan
boshqa) ham ma’lum [Kamenek va boshq., 2000, Dobritsa va boshq., 2001].
Bacillus thuringiensis bakteriyasi hosil qiladigan spora va kristallar o‘rtasida
sinergizm
kuzatilmoqda. Oqsilli kristallar ta’sir etish vaqtida zaharlilik xususiyatini
ko‘rsatsada, ammo spora va kristallarni alohida-alohida qo‘llagandagiga nisbatan
ularning aralashmasini qo‘llaganda yuqori faollik ko‘rsatish mumkin [SHternishes
2000].
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mualliflar Bacillus thuringiensis (BT) bakteriyasi
Bacillus cereus (BS) bilan oqsilli kristallar sintez qilish xususiyati jihatidan bir xil (tur)
hisoblanadi va har xil hashoratlarning lichinkalarini nobud qilish imkonini beradi [De
Barjac, 1990; Burseva, 1991; Daffonchio, 2000].
Ilmiy tadqiqot ishlarida isbotlanganki Bacillus thuringiensis ning kristall hosil
qilishini ta’minlovchi geni (plazmidasi) o‘z-o‘zidan Bacillus cereus ga o‘tkazilishi
(kodirlanishi) mumkin. Bu fakt ikki bakteriyaning genetik jihatdan qarindosh
ekanligini isbolaydi. [Del Vecchio et al., 2006].
Keyingi yillardagi ilmiy-tadqiqotlar natijasida fitopatogen zamburug‘larga ta’siri
jihatidan bog‘liq bo‘lgan Bacillus thuringiensis ning yana bir kenja turi (patotip F)
17
ajratib olindi [Kandibin, Smirnov, 1999; Smirnov, 2000].
Hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan faol antagonist mikroorganizmlardan faqat bir
qismigina yuqori talablarga muvofiq keladi. Bundan tashqari yashirin biologik
omillarni kashf qilish bir talay qiyinchiliklar keltirib chiqaradiki, bu asosan antagonist
organizmlarning zararkunandalargi ta’siri va ularning yashash muxiti bilan o‘zora
bog‘liqligining etarli darajada o‘rganilmaganligidadir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda dunyo
miqyosida o‘simliklarni mikrobiologik himoya qilishning 150 ga yaqin, fitopatogen
mikroorganizmlarning esa 8 ming turi ma’lum [Novojilov, 2003].
Ukrainada ochiq grundlarda biologik vositalar, asosan mikrobiopreparatlar 60-
65% ni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari va 40 turdagi zararkunandalar
rivojlanishini to‘xtatuvchi 10 xil mikrobiopreparatlar kichik hajmda ishlab
chiqariladi.Ularning qulay miqdori muddati, ketma-ket va takror qo‘llanilishi
ko‘rsatib o‘tilgan(Fedorenko,2010)
YUqori keltirilgan ma’lumotlarga xulosa qilgan holda, adabiy manbalarga
asoslanib, hasharotlar patologiyasini o‘rganish natijalariga ko‘ra,hasharotlarda
kasallik kuzgatuvchi Bacillus thuringiensis bakteriya asosida tayerlangan biologik
preparatlarni qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash tadbir tizimida
muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |