28
7) mol-
mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish,
hisoblab chiqarish va
to‘lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Soliq kodeksi bilan
tartibga solinadi.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston
Respublikasi hududida quyidagi
maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi sol
iq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida
nazarda tutilgan
investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan
muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytir
ilgan soliq
stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
O‘zbekiston soliq tizimida soliqlarni ob’yekti, iqtisodiy mohiyati budjetga tushishi va
to‘lovchilari nuqtai
-
nazari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob’yektiga qarab
uch
guruhga bo‘linadi:
1)
oborotdan
olinadigan soliqlar;
2)
daromaddan olinadigan soliqlar;
3)
mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji
va
yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi
bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki
yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o‘lchanadi. Yal
pi tushumdan olinadigan yagona soliq
to‘lovi ham obo
rotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq,
jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan
ulgurji savdo
korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk
solig‘i, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i hamda yuridik va
jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita),
to‘g‘ri (bevosita) soliqlarga bo‘linadi.
To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy
to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha
daromaddan to‘lanadigan soliqlar
hamda mol-mulk va resurs soliqlari kiradi. Resurs soliglari
tarkibiga yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun va suv resurslaridan foydalang
anlik uchun
soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlarda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi
uchun soliqlar
stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya
faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning
stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak,
bu guruh
tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Egri soliqlarning huquqi
y to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar
hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilar, ya’ni
bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
29
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar
respublikadan tashqariga
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob
bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajas
ini (muomaladagi ortiqcha pul massasini)
birmuncha jilovlab turadi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga
bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha
tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega
ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini
uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil et
ib, bir-
biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya,
Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining
hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib,
ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil
etadi.
Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va
Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya,
Kanada va Avstraliyada
esa ushbu ko‘rsatkich
25-30 foizni
tashkil qiladi.
18
Budjetga
tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa
majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2)
jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
3)
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4)
aksiz
solig‘i;
5)
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchu
n
soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi
qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy
budjetlar
o‘rtasida
taqsimlanadi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1)
mol-
mulk solig‘i;
2)
yer solig‘i;
3)
ayrim turdagi tovarlar bilan
chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika budjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan
bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi.
To‘lovchilar
nuqtai-nazaridan soliqlarni yuridik
va jismoniy shaxslar
to‘laydigan
soliqlarga ajratishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: