1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Uchinchi bosqich (2006-2017 yillar) - bozor islohotlari va iqtisodiyotni



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

 Uchinchi bosqich (2006-2017 yillar) - bozor islohotlari va iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimini takomillashtirish. 
Ushbu bosqichda iqtisodiy 
faoliyatni erkinlashtirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlovchi 
bozor islohotlari soliq tizimini rivojlantirishg
a asos bo‘ldi. 
Soliq boshqaruvi sohasida hosil bo‘lgan tajribaga asoslangan hamda mavjud bozor 
munosabatlarini hisobga olgan holda 2008 yilda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 
amalga kiritildi. Soliq Kodeksining 1998 yildan beri amal qilayotgan eski tahriri uning 
normalariga aniqlik kiritadigan qonunosti hujjatlariga muhtoj edi. 2007 yilga kelib ularning soni 
150 tadan oshib ketdi, bu soliq qonunchiligi anglanishini murakkablashtirib, ichki jihatdan 
ziddiyatli qilib qo‘ydi. Yangi tahrirdagi
Soliq kodeksi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat deb 
e’lon qilingan bo‘lsada, biroq amaldagi ma’muriy tizim ilgarigidek qonunosti hujjatlardan 
foydalanish istagidan voz kecha olmadi.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, tarkibiy islohotlar, kichik va xususiy biznes rolining 
oshishi - 
bularning bari mamlakatimizning «soliq konstitutsiyasi» uzluksiz takomillashtirilishini 
talab etardi. 2008-2017 yillar davomida Soliq kodeksiga 4
1 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritildi. Ular quyidagilarga yo‘naltirilgan:

ishlab 
chiqarish 
va 
xizmatlar 
ko‘rsatishni 
rivojlantirishda 
soliqlarning 
rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni 
ta’minlash; 

samarasiz soliqlardan (ekologiya solig‘i, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar) 
voz kechish orqali soliq tizimini soddalashtirish hamda majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish 
qoidalari va to‘lash tartibini maksimal darajada birxillashtirish;

o‘
xshash daromadlarga soliq solishning yagona tartibini belgilash; 

birgina soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish; 

soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni ularning soliq bazasini kengaytirish 
uchun stavkal
arni pasaytirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida birxillashtirish, qayta ko‘rib 
chiqish va qisqartirish.
Uchinchi bosqichda soliq tizimini takomillashtirishning asosiy sub’ekti kichik biznes 
hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning aksariyati 
mikrofirma va kichik korxonalarga soliq solish tizimini soddalashtirishga, ularning soliq yukini 
kamaytirishga, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan edi. 
Yagona soliq va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni to‘lash o‘rniga 
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lay boshladilar. Bunda YaST stavkasi 
13 foizdan 5 foizgacha kamaydi, bu esa real soliq yuki 2,6 baravar pasayganini bildiradi.
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini mu
vofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1503
-sonli farmoni. 
9
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan 
nazorat qilish to‘g‘risida” 717
-I-son Qonuni. 
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 1998 yil 19 noyabrdagi "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni 
tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida"gi 2114
-sonli farmoni. 


22 
Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi Kengashiga to‘lovlar yagona ijtimoiy to‘lovga birlashtirildi. Kichik 
biznes sub’ektlari uchun uning stavkasi 25 foizdan 15 foizga pasaytirildi. 
YaST v
a YaITni eng kam normativlarni hisobga olgan holda to‘lash tartibi joriy etildi, bu 
esa budjet yo‘qotishlari ko‘payishi xatarisiz hujjatli tekshiruvlarni ancha qisqartirish imkonini 
berdi.
Yirik korxonalarning ham soliq yuki yengillashtirildi. 2006 yilda f
oyda solig‘i stavkasi 12 
foizdan 7,5 foizgacha pasaytirildi. Joriy to‘lovlar miqdori chorakda 6 tadan 3 taga tushirildi. YaST 
stavkasi 25 foizgacha pasaytirildi. QQS (so‘nggi 20 yil mobaynida 20 foiz darajasida saqlagan 
holda) va aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar bekor qilingan. Avvallari korxonalar bu to‘lovlarni 
oyiga 3 martadan to‘lashgan, hozir esa 

oy yakunlari bo‘yicha 1 marta to‘lashadi. 
Dividendlardan soliq stavkasi 15 foizdan 10 foizga pasaytirildi, 2010-2013 yillarda esa 
mikro va kichik korxonalarni tashkil etuvchilar uchun u nolga tenglashtirildi.
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun YaST to‘lash davriyligi har oylik muddatdan har 
choraklik muddatgacha kamaytirildi.
O‘z ishlab chiqarish bazasini muntazam modernizatsiyalovchi, texnik va 
texnologik 
jihatdan qayta jihozlovchi korxonalar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalarining samarali 
tizimi yaratildi.
Moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlar soni bir-birini takrorlovchi shakllarini bekor qilish, 
birlashtirish, shuningdek ularni taqdim etish davriyligini birlashtirish hisobiga bir necha baravar 
qisqartirildi. Hisobot elektron shaklda topshirila boshlangani sababli soliq inspeksiyalariga borish 
zarurati qolmadi.
Insofli soliq to‘lovchilar xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ko‘proq himoyalana 
boshlandi. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining faoliyati 4 yilda ko‘pi bilan 
bir marta rejali tartibda tekshiriladi. 2014 yildan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
o‘z vaqtida to‘lovchi, shuningdek barqaror o‘sish sur’atlari va ishlab chiqarish rentabelligini 
ta’minlovchi kichik biznes sub’ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish taqiqlandi. 
Umuman olganda, soliq to‘lovchilarini rejali hujjatli tekshirishlar soni minimumga 
keltirildi. Ularning soni 10 yi
l ichida 3 baravar kamaydi, so‘nggi yillarda yiliga 5
-5,5 mingtadan 
oshmayapti, bu esa faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning qariyb 2 foizini tashkil etadi. Kameral 
tekshiruvlar (korxonaga chiqmasdan), monitoring va xronometrajga katta e’tibor berilmoqd
a. 
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy va jinoiy 
javobgarligi liberallashtirildi. Ular birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam 
ahamiyatli bo‘lganda, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga zarar 
keltirilmaganda mansabdor 
shaxslar moliyaviy sanksiyalar qo‘llanmagan holda faqat ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda to‘laganda ham biznes tuzilmalari 
ulardan ozod etiladi. Boshqa hollarda moliya
viy sanksiyalar, tadbirkor ularga rozi bo‘lmagan 
taqdirda, faqat ularning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi sud organining hal qiluv qarori 
asosida undiriladi.
Soliq tizimining takomillashtirilishi uni iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy 
islohotlarni amalga oshirish va aholi bandligini oshirishning samarali dastagiga aylantirish 
imkonini berdi. So‘nggi 10 yil ichida biznesga tushadigan soliq yuki 21 foizgacha pasaydi. Kichik 
tadbirkorlikning YaIM umumiy hajmidagi ulushi 2000 yildagi 31 foizda
n 56 foizgacha, ya’ni 1,8 
baravar o‘sdi. Soliq stavkalari ancha pasayganiga qaramay, budjet daromadlarini shakllantirishda 
uning ulushi ikki barobardan ortiq hajmda (2,9 foizdan 6,6 foizgacha) oshdi.
Bunda soliq tizimi o‘zining asosiy vazifasi 

budjetning daromad qismini to‘ldirish 
vazifasini ham samarali amalga oshirib kelmoqda. Chunonchi, 2006 yildan boshlab mamlakatimiz 
Prezidenti tomonidan turmush darajasini oshirish maqsadida 21 marotaba eng kam ish haqi 
miqdorini oshirish haqida qarorlar qa
bul qilindi, o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa budjetdan 
ta’minlanuvchilarning mehnat haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar unga bog‘langan. 
Soliq tizimi uzluksiz ishlashi tufayli buning uchun Davlat budjetida mablag‘lar yetarli bo‘lgan.


23 
2014-
yilda milliy dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi guruh tomonidan «EREPORT» 
soliq hisobotlari bilan ishlash, hisobotni o‘zi istagan joydan yuborish, vaqtni tejash imkonini 
beruvchi dastur taqdim etildi.
Milliy soliq tizimini takomillashtirish natijalari Xalqaro moliyaviy korporatsiya uslubiyati 
bo‘yicha o‘tkaziladigan yillik tadqiqotlar doirasida ham aks ettirilgan. 2006
-2016 yillarda 
O‘zbekistonning biznes yuritish (Doing Business) bo‘yicha umumiy xalqaro reytingi 
51
pozitsiyaga o‘sdi, soliq sharoiti bo‘
yicha - 
64 pozitsiyaga o‘sdi.
Xususan, so‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining 
«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq 
yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yildagi 166-
o‘rindan 
2017 yilda 74-
o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, so‘nggi hisobotda mamlakatimiz biznes 
yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi 
mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan jo
y oldi. 
Mamlakatimiz soliq tizimi tajribasining ko‘rsatishicha, u: 
- iqtisodiyotdagi tub islohotlar talablariga javob beradi va soliq yukini kamaytirish 
sharoitida mustaqil davlat rivoji uchun davlat budjeti daromadlari, moliyaviy resurslar o‘sishini 
ta’m
inlaydi;

kichik va xususiy biznes rivojlanishi yo‘lidagi, soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan 
munosabatlarini tartibga solish borasidagi muammolarni bartaraf etadi; 
- tobora pragmatik, ochiq-
oydin va izchil bo‘lib bormoqda;

iqtisodiy o‘sish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sonining oshishi va ularning daromadlari 
ko‘payishiga imkon yaratmoqda, soliq bazasini kengaytirmoqda. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin