1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.6. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. 
 
Soliqlarni undirish - eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy 
shartlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek s
oliq tizimi ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishning samaradorligini va uning raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan 
biri hisoblanadi. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda soliq solish sohasid
a muhim islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, soliq yuki pasaytirildi, yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliq solish 
tizimi soddalashtirildi, 
soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirildi. 
Mamlakatimizni 2017-2021-
yillarda rivojlantirishning beshta ustuv
or yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida 
o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga 
qaratildi. Xususan, milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya 
siyosatini liber
allashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini 
kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni 
jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi
.
«
Harakatlar strategiyasidan-
Taraqqiyot strategiyasi sari
»
tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 
2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi soliq yukini 
pasaytirish bo‘yicha qator chora
-tadbirlar belgilab olindi
5

O‘zbekiston mustaqillikka eris
hganidan boshlab davlat qurilishi, mustaqil iqtisodiy va 
ijtimoiy siyosat o‘tkazish, suverenitetini mustahkamlash uchun mablag‘ga ehtiyoj sezgan. Faqat 
o‘z kuchiga suyanishiga to‘g‘ri kelgan. Sobiq Ittifoq davlatining 70 yildan ortiq vaqt amal qilgan 
budje
t mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash tizimi barbod bo‘lib, moliyaviy resurslarga 
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022
-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60
-sonli farmoni.


18 
ehtiyojni milliy manbalar hisobiga ta’minlash zarurati yuzaga kelgan. 1991 va 1992 yillarda davlat 
budjeti kamomadi 50 foizgacha miqdorni tashkil etgan.
Ma’muriy
-reja
li boshqaruvda aslida soliq tizimi mavjud bo‘lmagan. Davlat barcha asosiy 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar: ish haqi, ishlab chiqarish hajmlari, narxlar, foyda darajasini qat’iy nazorat 
ostiga olganligi sababli xo‘jalik faoliyatini tartibga solishning soliq dastak
lariga ehtiyoj sezmagan. 
Tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha belgilanadigan mavjud majburiy to‘lovlar (daromad, qishloq 
xo‘jaligi, inshootlarga va boshqalar) xo‘jalik mexanizmining markazlashtirilgan tizimiga kiritilgan 
va o‘ziga xos vazifalarni bajarar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda soliq qonunchiligiga «
nol
»
dan asos solishga, faoliyat 
yurituvchi soliq organlarini tashkil etish, soliq to‘lovchilar deb atalmish hamjamiyatni o‘qitish va 
shakllantirishga to‘g‘ri keldi. Bularning bari ijtimoiy hayotda keskin o‘zgarishlar yuz berishiga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun soliqlar kelib tushishini majburiy ta’minlash sharoitida amalga oshirildi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan soliq tizimi shakllantirila boshladi. 
Davlatchilikni o‘rnatish sharoitida soliqlarn
i undirishning ahamiyati juda katta - yosh suveren 
davlatning taqdiri ko‘p jihatdan ushbu vazifa samarali hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Juda qisqa 
davr ichida ikkita vazifani birdaniga bajarishga to‘g‘ri kelgan. Birinchidan, navqiron davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga mos keluvchi soliq tizimini shakllantirish, zarur huquqiy 
hujjatlarni qabul qilish. Ikkinchidan, soliq ma’muriyatchiligining tegishli tizimini yaratish. 
Mustaqil davlatni tarkib toptirish va rivojlantirishning barcha bosqichlarida soliq tizimi 
budjetga zarur moliyaviy mablag‘larning kelib tushishi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning 
ta’minlanishi bo‘yicha oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal qilib kelgan bo‘
lsada, 
mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga
, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni 
oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘iluvchanligi zaruriy darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 
tizimli muammolar borligini 
ko‘rsatdi.
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017-2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini 
soddal
ashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish 
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy 
yo‘nalishlari belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Res
publikasi 
investitsiyaviy jozibadorligi va davlat budjetining daromad qismi muntazam o‘sishini 
rag‘batlantiruvchi zamonaviy soliq tizimini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston 
Respublikasi soliq tizimini yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib keldi.
2018 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatimiz soliq tizimining rivojlanishi taniqli iqtisodchi 
olimlarimiz tomonidan uch bochqichga bo‘lib o‘rganilgan
6
. Hozirgi kunda O‘zbekiston 
Respublikasi milliy soliq tizimining rivojlanishida evolyutsion tusga ega bo‘lgan to‘rtta asosiy 
bosqichni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi
7
.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin