1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.3. Soliq elementlari.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda 
ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy
-
huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy 
voqeliklarning har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq 
elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit 
tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi 
bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy 
kategoriyalarning yaxlit holdagi harakatini bildiradi. 
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan 
taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. 
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 
1) 
soliq solish ob’ekti;
2) soliq bazasi; 
3) soliq stavkasi; 
4) soliq davri; 
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 
7) 
soliqni to‘lash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda 
tutilishi mumkin. 
Soliq solish ob’ekti
mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik 
xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi 
qonunchilik 
soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq solish 
ob’yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, yer maydoni, 
jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar 
kiradi. Soliq solish ob’yekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning 
a
yrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq 
sub’yektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy 
boyliklarga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina soliq solish ob’yekti yuzaga
keladi. Masalan, 
egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq sub’yekti mavjud emas, 
vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq solish ob’yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga 
bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq solish ob’yekti aslida 
yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi. 
Soliq bazasi 
soliq solish ob’ektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda 
soliq stavkasi qo‘llaniladigan ob’yektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq solinadigan 
bazaning 
miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim 
bo‘lgan soliq solish ob’yektidan ruxsat etiladigan 
chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq 
solish bazasini soliq 
to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlarig
a muvofiq ravishda 
kamaytirishga ruxsat etiladi. 


11 
Soliq stavkasi 
soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning 
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi. 
Soliq stavkalari Soliq Kodeks bilan belgilanadi. Aktsiz solig‘ining
stavkalari, mahsulot 
narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkin. 
Ilk marotaba 2020 yildan aksiz soli
g‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq va qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilandi. 
Mustaqillikning ilk 
davridan 2005 yilgacha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Davlat budjeti parametrlari 
to‘g‘risidagi
qarori bilan, 2005 yildan toki 2020 
yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti 
parametrlari to‘g‘risidagi
 qarori
 
bilan belgilangan. 
Soliq stavkalari foizlarda yoki mutloq summada belgilanishi mumkin. Soliq stavkasi soliq 
elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Shunki soliq stavkalarini 
o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga ta’sir etadi.
Soliq stavkalari, undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtai nazaridan bir necha 
turlariga ajratiladi: 
Soliq stavkalarining biri proporsional soliq stavkasi bo‘lib, bu soliq stavkasining asosiy 
mohiyati shundan iboratki, yuridik yoki jismoniy shaxslardan oboroti, foydasi yoki boshqa bir 
soliq ob’yektining bir xil turida yangi qo‘llashdan muhim xususiyati shundaki, soliq to‘lovchi ega 
bo‘lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol
-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha 
bo‘lishidan qat’i nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq 
stavkasi, mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga 
muvofiq soliq to‘lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib borishiga muvofiq tarzda 
soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad soli
g‘i misolida ko‘rishimiz mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy 
shahslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi 
oshib boradi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa tortil
adigan daromadi, oboroti, mol-
mulk qiymati kabi soliq ob’yektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi 
ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan 
teskari iqtisodiy hodisani ifodalaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq 
stavkasi asosan soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan 
korxonalarning mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag‘batlantirish maqsadida joriy 
etilgan. Jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda va mol-
mulk solig‘ida ko‘rish mumkin.
Soliq imtiyozlari bu - 
soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga 
nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalli
klar, shu jumladan soliqni 
to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyatidir.
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash) 
imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. 
Soliq imtiyozlari Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Soliq imtiyozlari individual 
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi 
solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yo
ki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer 
qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta 
soligʻidan tashqari, belgilangan qoidalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari 
bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 
foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.


12 
Soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan 
paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq 
imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq 
davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod 
etiladigan tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno. 
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga 
yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda 
maqsadsiz 
ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda 
byudjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va 
mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi beril
gan 
imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda 
belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda 
foydalanilmagan mablag‘lar byudjetga o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston 
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni 
aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining muassasalari Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod 
etiladi, bundan ijtimoiy soliq 
va O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) 
to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari 
Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-
kurort ob’ektlari egallagan yer 
uchastkalariga nisbatan mol-
mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini 
belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyozlar quyidagi ko‘rinishda beri
ladi: 

soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etish;

soliq bazasini kamaytirish; 

soliq stavkasini pasaytirish. 
Imtiyozlar amal qilish muddatiga qarab doimiy va muayyan muddatga beriladigan 
imtiyozlarga bo‘linadi.
Doimiy imtiyozlar cheklanmagan amal qilish muddatiga belgilanadi. Bunday imtiyozlar 
Soliq kodeksida keltirilgan. 
Muayyan muddatga beriladigan imtiyozlar vaqtinchalik hisoblanib preferensiya (lot. 
praeferentia «afzallik») 
deb ataladi. Preferensiya ayrim qonunlar, Prezident qarorlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi. Preferensiyalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, 
texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirayotgan, hudud infratuzilmasini 
rivojlantirishda ishtirok etuvchi yoki O‘zbekiston investitsiya dasturi qatnashchisi hisoblangan 
korxonalarga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qo‘shimcha tarzda berilishi 
mumkin.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud 
bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini 
hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiril
adi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga 
yuklatilishi mumkin. 
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz 
shaklda to‘laydi.
Soliq davri deganda tugagandan k
eyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim 
bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.
Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat bo‘lishi mumkin.


13 
Soliq solish usullari 
uch xil ko‘rinishda amal
ga oshirilib, ular quyidagilarga: soliq 
solishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliq solish usullariga ajratiladi. 
Soliq yuki - 
soliq to‘lovchi muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan 
soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. 
Bunda soliq to‘lovchilar to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini 
aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri (bevosita) soliqlarda soliq og‘irligi 
aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri (bilvosita) 
soliqlarda esa s
oliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol 
qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq 
yukini bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash 
mumkin. 
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, 
mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda 
butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida
muayyan naqt oralig‘ida davlat 
budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisining ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda 
alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga 
to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada 
esa aniq bir olingan sub’yektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin