1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Birinchi bosqich (1991-1995 yillar) - soliq tizimining shakllanishi bosqichidir



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

Birinchi bosqich (1991-1995 yillar) - soliq tizimining shakllanishi bosqichidir.
Soliq 
tizimi murakkab iqtisodiy sharoitlarda shakllandi: xo‘jalik aloqalaridagi uzilishlar, resurslar 
markazlashtirilgan tarzda taqsimlanadigan bir sharoitda bozor munosabatlariga o‘tish, 
inflyatsiyaning yuqori darajasi. Bularning barchasi xo‘jalik faoliya
tining natijalarida, pirovard 
oqibatda esa budjetga tushumlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. 
Iqtisodiy vaziyat quyidagi vazifalarni zudlik bilan hal etishni soliq tizimining oldiga 
ko‘ndalang qo‘ygandi:
1) budjetning kamomadi kuchaygan, inflyatsiya ildamlab borayotgan, ishlab chiqarish 
hajmlari pasayayotgan va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar soni ortib borayotgan bir sharoitda 
budjetga tushumlarni ta’minlash
. Shakllanib borayotgan soliq tizimining tor soliq bazasi sharoitida 
6
Jo‘rayev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. 
- Toshkent: Norma. 
2009. -183-b. 
7
To’lakov U.T. (2019). 
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi rivojlanishning yangi bosqichida. 
Servis ilmiy-amaliy 
jurnal
, 1(3), 142-145. 


19 
mazkur vazifani faqatg
ina xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasiga ko‘proq soliq yukini solish 
hisobidan hal etsa bo‘lar edi. Soliq stavkalari nihoyatda yuqori bo‘lgan. 1990 yillarning boshida 
daromad (foyda) solig‘i eng yuqori stavkada 
- 38 foiz, JShDS - 40-50 foiz, QQS - 30 foiz, ish haqi 
fondiga - 
40 foiz bo‘lgan. Natijada soliq undiruvlari ulushi YaIMning 40 foiziga yetgan;
2) moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, strategik 
zaxiralar bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga erishish, tub tarkibiy o‘z
gartirishlarni amalga oshirish 
hisobidan qayta taqsimlash. 
Buning uchun QQS, foyda solig‘i, aksizlar, mol
-
mulk va yer solig‘i 
singari odatiy soliq turlarining o‘zidangina foydalanilgani yo‘q. Soliq tizimi noan’anaviy soliq 
turlari - xom ashyo resurslarini olib chiqishga soliq, korxonalar daromadidan soliq, 
amortizatsiyadan ajratmalar va boshqalardan ham foydalandi;
3) narx-
navo ko‘tarilishi va ishlab chiqarishning pasayishi sharoitida turmush tarzi va 
ijtimoiy barqarorlikni qo‘llab
-quvvatlash. 1991-1995 yi
llarda o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa 
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlarini ko‘tarish to‘g‘risida 19 marta qarorlar 
qabul qilingan. Buning uchun esa o‘sib borayotgan summalarda soliqlarni yig‘ishga to‘g‘ri kelgan.
Shuning uchun soliq tizimi shakllanishining mazkur bosqichi soliqlarning xazinaviy 
ahamiyatini oshirishi bilan xarakterlanib, budjetga tushumlarni ta’minlash (fiskal vazifa), iqtisodiy 
va ijtimoiy barqarorlikni saqlash (qayta taqsimlash vazifasi) uning asosiy vazifalariga aylangan. 
Soliqlarning boshqaruvchi vazifasi ko‘proq iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun emas, balki 
mehnatga haq to‘lash fondini nazorat qilish orqali inflyatsiya darajasini ushlab turish, xom ashyo 
zahiralarining arzon narxlarda chetga chiqib ketishining oldini olish, inflyatsiyaga qarshi kurashish 
uchun qo‘llanilgan. 
Tadbirkorlikka erkinlik berish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonlari sharoitida soliq tizimiga nisbatan muayyan talablar qo‘yildi. Soliq to‘lovchilar soni 
keskin 
tarzda ko‘paydi. Yuridik shaxslar 
- 28,3 mingdan 113,7 mingtaga, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar - 49,4 mingdan 217,6 ming nafargacha oshdi. Huquqiy savodxonlik darajasi uncha 
yuqori bo‘lmagan va soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari avj olgan bir sharoitda soliqlarni to‘liq 
va o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashning birdan
-
bir ishonchli dastagi yalpi soliq nazorati bo‘ldi. 
Soliq organlari oldiga barcha korxonalarni har yili tekshirish vazifasi qo‘yilgan edi. Masalan, 1992 
yilda deyarli 42 mingta soliq to‘lovchi 

yuridik shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi. 1993 yilga kelib 
esa soliq organlari 60 mingta soliq to‘lovchini «g‘alvirdan o‘tkazishga» ulgurishdi.
Soliq solish ob’ektlari ham o‘zgardi. Masalan, davlat korxonalari mehnatga haq to‘lash 
shakl va miqdorlarini must
aqil belgilash huquqiga ega bo‘ldilar. Natijada mehnat haqi keskin 
ko‘tarila boshladi, foyda esa soliq solish ob’ekti sifatida keskin kamayib bordi yoki umuman yo‘q 
bo‘ldi. Davlatning munosabati ham shunga mos bo‘ldi 

foyda solig‘ining o‘rniga daromad solig‘i 
joriy etildi (foyda + mehnatga haq to‘lash fondi).
Mazkur davrda soliq tizimining oldiga qo‘yiladigan ba’zi an’anaviy talablarga 

o‘zgarishlarning bosqichma
-
bosqichligi, barqarorlik va soliq to‘lovchilar uchun oddiy va 
tushunarli bo‘lishlikka rioya qilish qiyin kechdi. Hayotning o‘zi soliqchi va soliq to‘lovchilarning 
ortiqcha taraddud-
tayyorgarligisiz, o‘qib
-
o‘rganishisiz yangi soliqlarni zudlik bilan joriy etishni 
taqozo etardi. Masalan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda uning moslashuviga 3 yildan 7 
yilgacha muddat talab qilinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i O‘zbekistonda bir necha oy oralig‘ida 
joriy etilgan edi. Qisqa muddatlar ichida soliq tizimiga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritib borildi. 
Bu yo‘nalishda uchraydigan qiyinchiliklarni so
liq organi xodimlarining ham, soliq 
to‘lovchilarning ham yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. 
90-yillar boshida asosan qonunosti hujjatlar - 
yo‘riqnomalar, nizomlar, tartiblar, ba’zan 
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari dastak sifatida qo‘llandi. Soliq to‘lovchining
huquqlari to‘g‘risida 
hech kim o‘ylab ham o‘tirmadi. Soliq organlari va soliq to‘lovchilarning tayyorgarligi quyi 
darajada qolaverdi. 
Yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyatga tezkor munosabat bildira borib, davlatimiz soliq 
to‘g‘risidagi 
qonunchilikka tezkor
likda o‘zgartirishlar kiritib bordi. Masalan, 1991
-1995 yillarda 
«Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»
gi Qonunga 18 marta 


20 
tuzatish kiritilgan. Qonunlar bilan birga hukumatning ko‘plab qarorlari, shuningdek 
yo‘riqnoma
lar, nizomlar (50 dan ortiq), vazirlik va idoralarning xatlari qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidagi dolzarb masalalarning muvaffaqiyat bilan hal 
etilishi, ishlab chiqarishni barqarorlashtirishni ta’minlash, inflyatsiyani cheklash 
1996 yildan 
boshlab soliq tizimi rivojlanishining yangi pog‘onasiga ko‘tarilishga imkon yaratdi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin