1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.
Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat 
maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
larga soliq deyiladi. 
Yig‘im deganda budjet tizimiga to‘lanadigan Soliq kodeksida yoki boshqa qonun 
hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi 
shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega 
harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi 
hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kat
egoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati 
davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati 



orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’nod

davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat 
o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy ma
nba sifatida soliqlardan 
foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi ob’yektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi 
barcha sub’yektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. 
Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yo
ki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham 
mavjudki, ular soliqlarning ob’yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda 
jamiyatning norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqalar) va rentabel 
sohaga ajralishi hamda 
norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlar ob’yektiv 
amal qilishini zarur qilib qo‘yadi. Vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan 
davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi 
soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash 
mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag
»
bilan ta’minlash zarurligi, 
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. 
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana 
borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifa
lar 
yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam 
ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish 
kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, 
talabalar, ko‘p
bolali onalar va boshqalarni mablag
»
bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim 
cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi, bundan tashqari mahallalarda 
ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 
davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va 
mustahkamlab turishga ham mablag
»
sarflaydi, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini saqlash, 
mamlakatda tartib-
intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab 
mablag
»
yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular 
uchun manba bo‘lgan soliqlarni ob’yektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hoz
irga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan 
moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan 
emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar 
amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat 
bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishli, bu holat soliqlarning iqtisodiy 
mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. 
Soliqlar majburiy to‘lovl
arni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu 
munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. 
Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. 
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan ob’yektiv va sub’yektiv omillarning ta’sirida 
shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy
-ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga 
asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud 
bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Shunki davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar 
jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarn
ing zaruriy talablaridan biri bo‘lib hisoblanib kelgan. Davlat 
tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir 
vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq 
tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib o
lish usullari 
xilma-
xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelgan. Masalan, 
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida 
soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun 
«zakot» sifatida olingan.
Davlat faoliyatining barcha y
o‘nalishlarini mablag»
bilan ta’minlashning asosiy 
manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq 
tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. 



Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini 
shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi usul hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘
liq, chunki soliqdan 
tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi. 
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan 
Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni id
ora qilish tizimini yuzaga keltirishda 
asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan 
biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlarga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq 
qilib turgani va ayni sh
u xususiyatiga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida 
markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.
Ulkan davlat moliyasini boshqarish murakkab jarayon ekanligini tushungan Amir Temur 
moliyaviy hokimiyatni markazlashtirishga urinmadi. Joylarda shakllangan soliq tizimini 
o‘zgartirmagan holda, soliq yig‘imini amalga oshirishni o‘zi zabt etgan 27 shahar va tumanlar 
mahalliy hokimiyati zimmasiga yuklagan. «Agar xalq boshqarishning oldingi tartiblarida 
yashashni istasa, 
bu istak amalga oshirilardi, aks holda soliqlar men o‘rnatgan tartib bo‘yicha 
yig‘ilardi», 

deb yozgan edi Amir Temur o‘z tuzuklarida.
Xazinaning chiqim qismi soliqlar yig‘ishning barqaror tizimini kiritishni talab qilar edi. 
Amir Temur va temuriylar davrida soliqlarning 20 dan ortiq turi mavjud bo‘lgan. Ularning 
asosiylari quyidagilardan iborat: 

sar shumor - 
jon boshiga to‘lanadigan soliq, miqdori 1 dinordan 10 dinorgacha bo‘lgan, 
aholining barcha tabaqasiga tatbiq etilib, moddiy boylik darajasiga qarab belgilangan; 

xiroj - 
temuriylar va ulardan keyingi davrlarga taalluqli asosiy yer solig‘i. U yig‘ib 
olingan hosilning uchdan bir qismiga 
teng bo‘lib, pul yoki mahsulot shaklida undirilgan;

sar daraxt - 
mevali daraxtlar va uzumzor uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan;

dudi - 
tutun solig‘i, har bir uy yoki hovlidan o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlagan o‘tindan 
foydalanganligi uchun sol
iq bo‘lib, mahsulot shaklida, keyinchalik esa pul shaklida olingan;

avariz - favqulodda soliq, shahar yoki qishloq aholisidan urush chiqimlarini va saroyda 
o‘tkaziladigan bayramlarni qoplash maqsadida olingan;

uloq - davlat xizmatidagi odamlarga beriladigan ot; 

mir hazaron - 
ma’lum bir joyda yashovchi aholidan shu yerdagi qo‘shinni moddiy 
ta’minlashga olinadigan soliq.
Amir Temur pul siyosatini olib borgan holda, bu siyosatni Movarounnahrni iqtisodiy 
rivojlantirish bilan mutanosiblashtirishga katta ahamiyat bergan. Shuning uchun u aholi uchun 
og‘irligi tushmaydigan soliq siyosatini olib borgan. Ayrim hollarda dehqonlar xiroj solig‘idan 
butunlay ozod etilganlar. Masalan, Temur o‘z tuzuklarida shunday yozgan edi: «Agar dehqon 
yangi ochilgan yerda eki
n eksa yoki tashlab qo‘yilgan yerni obodonlashtirsa, u birinchi yil soliq 
to‘lashdan butunlay ozod etilgan, ikkinchi yil qancha xohlasa shuncha soliq to‘lagan, uchinchi yili 
esa umumiy soliq to‘lash qoidasi bo‘yicha soliq to‘lagan».
Tarixan soliqlar, davla
tni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, 
davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini 
tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini 
tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. 
Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan 
yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror-bir jamiyatni soliq tizimisiz 
tasavvur qilish mumkin emas. Shunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning 
asosiy vositasi bo‘libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqa
rishni 
rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, 
kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor 
infratuzilmasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat 
qiladi. 


10 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy 
qismini soliqlar orqa
li to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadini 
shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi 
shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga 
bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini 
tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy 
himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin