15
Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning
noishlab chiqarish xarajatlari ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarg
a
muhtojligini keltirib chiqaradi.
2. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va
xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda
normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish
sohasiga yo
‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.
3. Aholining
mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda
ushbu vazifani bajaradi. Shunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi
hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli
darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishi
mumkin. 70-80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarini aholi daromadlariga progressiv ravishda
qo‘
llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.
4. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik
va adolat prinsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqaro
rlik va
moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga
oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan,
ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak
. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-
tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq
muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan
tashqari, muhim
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-
navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va
hokazolar yangi paydo bo‘lgan tijorat tuzilmalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab
-quvvatlash
zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish
mumkin.
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa
muddatli, o‘rta va uzoq
muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir
-biridan
farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga balki
davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash ma
qsadida
moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: