16
Soliq solishning yetarlilik tamoyili. Soliq solishning yetarlilik tamoyiliga muvofiq soliq
solish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi samaradorligiga
erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati
va boshqa sohalardagi davlat siyosa
tini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari
to‘planishini ta’minlashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari soliq yuki
ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan,
davlat tomonidan bepul
xizmatl
ardan bahramand bo‘lgani holda ayni chog‘da o‘zining ba’zi xarajatlarini qisqartiradi.
Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul
qilingan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosati bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni t
aqozo etadi.
Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish tamoyili.
Soliq tizimi
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarishini rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy
texnologiyalar sotib olish uchun mablag
»
yo‘naltirish, ya’ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan
texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi
lozim.
Soliq solishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni qiyosiy oqibat
va
daromad oqibati
shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg‘arish,
investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil
ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq
darajada
rag‘batlantirishda namoy
on
bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshib boruvchi) soliq solishda bunday oqibatning rag‘batlantirishga
zid ta’siri yaqqol ifodalanadi.
Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli ko‘rinishdagi
aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning
portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish
sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat budjeti
dar
omadlarining o‘zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Soliq solishning adolatlilik tamoyili. Soliq solishning
adolatlilik tamoyiliga muvofiq,
soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy ob’yektiv qoidalarga
binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliq solish
tamoyillariga bo‘linadi. Bularni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Bunda gorizontal va vertikal adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizontal adolat tamoyili
daromad
olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq solishning taxminan teng
shartlarini
qo‘llashni
ko‘zda
tutadi.
Vertikal adolat deganda xo‘jalik yuritishning birmuncha og‘ir sharoitlarida ishlayotgan
sub’yektlar uchun soliq solishning bir
qadar
yumshoqroq shartlarini, yengil daromad olish
imkoniyatiga ega bo‘lgan sub’yektlar uchun esa og‘irroq shartlarni qo‘llash tushuniladi.
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini bajarish doirasida ikkinchi tamoyil buzilishi mumkin.
Masalan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida ularni ishlab chiqarish
bo‘yicha soliq solishda bir qadar imtiyozli shartlar
yoki, aksincha, vino-aroq va tamaki
mahsulotlarini iste’mol
qilishni cheklash uchun ulardan olinadigan egri soliqlarning yuqori
stavkalari
belgilangan hollar ham
bo‘ladi.
Soliq solishning oddiylik va xolislik tamoyili. Bu tamoyil soliq solish bazasini aniqlashda,
soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik bo‘lishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini
soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning eng muhim turlari bo‘yicha yagona stavkalar
belgilashni, berilad
igan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda nazarda
tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar
yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini rag‘batlantirishga,
soliq to‘lovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qat’i nazar, ma’lum
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Soliq imtiyozlarining
haddan tashqari ko‘pligi qonunlarni murakka
blashtirib yuboradi, tushunishni qiyinlashtiradi
hamda turlicha
talqin qilinishiga olib keladi, bu hol pirovard natijada soliq to‘lovchilarning
soliqlarga nisbatan munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga aniq qilib belgilangan
17
imtiyozlar soli
q yukini boshqa soliq to‘lovchilar zimmasiga o‘tkazib, ijtimoiy adolatsizlik ro‘y
berishiga olib keladi.
Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili.
Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan
muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. Soliqlarni
undirib olishda samaradorlikka
erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.
Ayrim mamlakatlarda soliq solishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik,
shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi,
ularni to‘lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko‘p
bo‘ladi. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi
hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol o‘ynamaydi.
Soliq solishning soliqlarn
i yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili.
Ushbu
tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni
mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini
takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq
axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilarning
xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliq solish
masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.
Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi
xuddi shunday soliqlarning stavkalar
i
bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos
xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart
-
sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil
sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.
Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va
ularni hayotga
to‘liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi s
oliq solish majburiylik,
aniqlik va soliq
organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik v
a soliq
to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: