1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Ikkinchi bosqich (1996-2005 yillar) - soliq tizimining bozor munosabatlariga



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

Ikkinchi bosqich (1996-2005 yillar) - soliq tizimining bozor munosabatlariga 
moslashtirilishi.
Hukumat tomonidan xususiy biznesni erkinlashtirish va qo‘llab
-quvvatlash 
bo‘yicha siyosatning olib borilishi iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq to‘lovchilar sonining ortishiga 
va soliq solish bazasining kengayishiga yordam berdi. Birinchi bosqichdan farqli o
‘laroq, 
davlatimiz soliq solishning fiskal va qayta taqsimlash vazifalari bilan bir qatorda uning 
rag‘batlantiruvchi funksiyasini ham faol tarzda ishga soldi. 
Mamlakatimiz hukumati undiruvning yuqori darajasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va 
xodimlarning qonuniy faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirmasligini hisobga olgan holda, soliq 
yukini bosqichma-
bosqich tushirib borish yo‘lini tanladi. Mazkur davrda QQS stavkasi (30 foizdan 
20 foizga), foyda solig‘i (37 foizdan 15 foizga), savdo korxonala
rining yalpi daromadidan soliq 
(50 foizdan 20 foizga), JShDS (50 foizdan 29 foizga), ijtimoiy jamg‘armalarga to‘lovlar (40 
foizdan 25 foizga) tushirildi. 
Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri 
deb atash mumkin. 
Kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Uning uchun 8
-10 ta 
soliq turini bittaga almashtiruvchi soliq solishning soddalashtirilgan tizimlari joriy etildi. 1998 
yildan boshlab uni qishloq xo‘jaligidan tashqari iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlaridagi kichik 
korxonalar to‘lashmoqda. 1999 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yagona yer 
solig‘i to‘lovchilariga aylanishdi. Oqibatda 2006 yilga kelib, soliqlarning YaIMdagi ulushi 1990 
yillar boshidagi 40 foizdan 23 foizga tushdi.
Soliq tizimi o‘z rivojlanishining ikkinchi bosqichida ancha barqarorlashdi. Bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga javob bermaydigan soliq va to‘lovlar bu tizimdan chiqarib 
tashlanmoqda, ilg‘or mamlakatlarning tajribasi kengroq qo‘llanila boshlandi. Daromad solig‘i 
o‘rniga o‘z mablag‘larini yangi texnologiyalar va ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo‘naltirayotgan korxonalar uchun imtiyozlarni nazarda tutuvchi foyda solig‘i joriy etildi. Bir 
nechta daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolardan JShDSni hisoblash va to‘lashning 
deklaratsiyalanadigan shakllari joriy etilishi boshlandi. Davlat budjeti daromadlarining tarkibi 
ijobiy tarzda o‘zgardi 

to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri va resurs soliqlarining ulushi ortib bordi. 
Maskur bosqich 
1998 yilda birinchi Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 
Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu bosqichda soliq tizimini bir tizimga solishga ilk 
urinish bo‘ldi, biroq ushbu qonunlar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri amal qilmas 
- qonunosti hujjatlar ustunlik 
qilar edi.
Soliq boshqa
ruvida to‘plangan tajriba 1998 yildan boshlab soliq solish sohasidagi bir 
nechta qonun hujjatlaridan bitta - 
Soliq kodeksiga o‘tishga imkon berdi. Soliq organlari ishida 
to‘plangan tajribani aks ettirib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning
soliq solish 
dastaklarini o‘zida mujassam etib, Kodeks O‘zbekiston soliq qonunchiligi va soliq solish tizimini 
xalqaro darajaga yaqinlashtirdi. Bu hujjatning qabul qilinishi faoliyat tarmoqlari, miqyoslari va 
turlarining xususiyatini hisobga olgan holda soliq solishning bir nechta tizimlarini 
shakllantirishga, ularning rag‘batlantiruvchi vazifasini kuchaytirishga, soliqlarning rolini 
oshirishga va ularni birxillashtirishga imkon yaratdi.
Iqtisodiy islohotlarning rivojlanishiga qarab, soliq organlari ishining shakl va uslublari ham 
o‘zgardi, ular faoliyatiga yangicha talablar qo‘yildi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tartibga solish bilan birga olib borildi. 1990 yillarning boshida 
barcha korxonalarni to‘liq yillik hujjatli tekshiruvdan o‘tkazishga erishish vazifasi qo‘yilgan edi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ko‘payib borishi, soliq qonunchiligining soddalashtirilishi va 
tizimlashtirilishi, huquqiy savodxonlikning oshib borishiga qarab, to‘liq nazoratni o‘tkazishga 
zarurat o‘z ahamiyatini yo‘qotib bordi. 1996 yildan boshlab mamlakatimiz rahbariyati tadbirkorlik 


21 
tuzilmalarini tekshirishni tartibga solish yo‘lidan bora boshladi
8

Davlat nazorati to‘g‘risida 
maxsus qonun hujjati qabul qilindi
9
. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika 
kengashi tashkil etildi va rejali tekshirishlarni o‘tkazish jadvali joriy etildi
10
. Tekshiruvlar soni 
qisqardi (1990 yillarning boshlaridagiga nisbatan 2-3 baravarga), ular samaradorligi esa oshib 
bordi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va soliq yukini kamaytirib borish jarayonlarining tobora avj 
olib borayotgan pallasida soliqlarning yig‘iluvchanligi birgina tekshiruvlar va soliq to‘lovchilarni 
to‘laroq qamrab olish hisobiga amalga oshirilayotgani
yo‘q. Profilaktika ishlari, xronometraj va 
monitoringlarni o‘tkazish, tushuntirish ishlarini olib borish 

zimmaga qo‘yilgan vazifalarni 
uddalashda soliq organlari mana shu dastaklardan faol foydalandi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin