Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.
Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin.
O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham ro’yxatdan o’tishi kerak.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to’ldirilgandan so’ng yig’ishtirib olinadi va umumlashtiriladi. Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo’yicha maxsus mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash deganda to’plamning bir bo’lagini har tomonlama va chuqur o’rganish tushuniladi. Masalan, viloyatda bir jinsli 104 ta korxona bor, shundan 4 tasi juda ham ilg’or. Ana shu to’rtta korxonani ilg’orlik sabablarini o’rganish uchun u korxonalarda: ishni tashkil etish; asosiy va oborot fondlaridan
foydalanish; mehnat unumdorligi; ish rejalarini bajarilishi; jihozlarni yangilanganlik darajasi; resurslardan to’liq va samarali foydalanish darajasi va x.k. chuqur va har tomonlama o’rganiladi. Ushbu o’rganish monografik kuzatish deyiladi. Xulosani chuqur yoki batafsil yozish, o’rganish va olingan natijalarni chop qilishga monografiya deyiladi. Asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o’rin tutgan birliklar ajratib olib o’rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat do’koni bo’lib, shundan 15 tasi tovar oborotining 70-80 foizini beradi. Demak, 150 ta oziq-ovqat
18
do’konining barchasini o’rganib o’tirmasdan, 15 do’konni o’rganib shaharda oziq-ovqat savdosi qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |