1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi


Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə13/17
tarix17.02.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#84721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o’tkazishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o’z ichiga oladi.
19
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish ob’ekti va birligi; kuzatish formulyari va yo’riqnoma.

Har bir ishni bajarishdan oldin, uni nima uchun bajarayapmiz o’zi, maqsad nima? degan savollarga javob bo’lishi kerak. Bu tamoyil statistik kuzatishga ham to’liq tegishli. Demak, aniq va tushunarli bo’lmagan maqsad va vazifalar belgilansa, statistik kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlarni to’plab, kerakli ma’lumotlar qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Maqsad va vazifalar aniqlangandan so’ng kuzatish dasturi tuziladi.




Kuzatish dasturi – bu kuzatish davomida yig’ilishi kerak bo’lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar va ko’rsatkichlar ro’yxatidir. U qisqa, tushunarli bo’lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bo’lgan, shubha tug’dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va mas’uliyatli bosqichidir.


Kuzatish ob’ekti - bu tekshirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir. Masalan, aholi ro’yxati o’tkazilayotgan bo’lsa, biz aniq belgilab olishimiz kerak, qaysi aholini ro’yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? Yoki doimiy aholinimi? Tijorat korxonalarini ro’yxatga olish uchun, oldin aniq bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo’lib hisoblanadi?



Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin